Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



GO‘ZAL VA MAFTUNKOR YURT
20.03.2015

Sharqona yangi yil  Navro‘zi olam kunlarida ko‘plab sayyohlar yurtimizga tashrif buyurmoqda. Ulardan ayrimlarining taassurotlari mana shunday:

Ilaria ROTTER (Italiya): 
— Bahorda sayoxatga chiqishni xush ko‘raman. Chunki uyg‘onish va yangilanish faslida inson tabiat go‘zalligidan yanada ko‘proq bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekiston xuddi bahor kabi tarovatli, go‘zal hamda maftunkor yurt ekan. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari, ayniqsa, betakror. Poytaxtingiz — Toshkent shahri judayam ko‘rkam, ozoda xamda salobatli. Muhtasham imoratlar, obod ko‘cha va xiyobonlar kishi e’tiborini tortadi. Xalqingizning bunyodkorligi.   yaratuvchanligi, bag‘rikengligi hamda mehmondo‘stligi meni lol qoldirdi. Ko‘klamda bu yerga kelganimizning yana bir yaxshi tomoni shu bo‘ldiki, sizlar bilan birga milliy bayramingiz — Navro‘zni kutib oldik. Shaharu qishloqlar, dalayu bog‘larni aylanib, “Navro‘z chindan ham, yasharish va yangilanish bayrami ekan”, degan xulosaga keldim. O‘tkazilayotgan xalq sayillari. bahoriy taomlarni bir-biriga ulashayotgan odamlar — bularning barchasi o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat ifodasidir.



Albatta, tarix bilan yuzma-yuz kelish har bir kishini hayratlantiradi.
Qadimiy Xivadagi biri-birini takrorlamaydigan, ko‘zni qamashtiradigan naqshinkor peshtoqli tarixiy yodgorliklar shu yurtning buyuk o‘tmishini, ajdodlaringizning yuksak salohiyatini ko‘z-ko‘z etib turgani bilan qalbimda havas uyg‘otdi. Bu yerda qadimiy urf-odatlar, an’analar nihoyatda ulug‘lanar ekan. Xalqingizdagi shu xususiyatni eng ezgu fazilatlardan biri sifatida qabul qildim. Ayni chog‘da ota-bobolar merosiga hurmat bilan qarash, ularni asrab-avaylash borasidagi ishlar ham diqqatga sazovor.
Mamlakatingiz tarixini o‘rganib, mehmondo‘st, dilkash odamlar bilan suhbatlasharkanman, bu yerda erishilayotgan yutuqlar, eng olis qishloqlardagi zamonaviy hayot sababini anglaganday bo‘ldim.
Yurtingizga kelish istagidagi sayyohlar va mehmonlar soni kun sayin ortib borayotgani bejiz emas ekan. Shaxsan o‘zim bu zaminga yana kelishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim.
Riviera ALINE (Frantsiya): 
— Zamonaviy shaharlaringiz qatorida ko‘rkam va obod Urganch, ko‘hna hamda navqiron Xivada o‘tkazgan takrorlanmas onlarim bir umr yodimda qoladi. Ichan-Qal’adagi har bir qadimiy inshoot xalqingizning uzoq tarixi va buyuk madaniyatini ko‘rsatib turibdi. Ularda asrlar hikmati, bugunning iliq tafti bor. Ushbu obidalarni bunyod etib, bugungacha asrab-avaylab kelayotgan xalq ulug‘dir.
Ko‘plab davlatlarda bo‘lib, u yerdagi odamlar bilan suhbatlashganman. Lekin hech qayerda bu yerdagichalik samimiyatni ko‘rmaganman. Bu yurt tarovati va odamlarining mehri menda katta taassurot qoldirdi. Xalqingiz mehmon hurmatini joyiga qo‘yishi, ezgu ishlarga intilishi, sodda, samimiy, mehnatkashligi bilan ajralib turarkan. Yana shunga ham amin bo‘ldimki, bu yerdagilarning tabiatida bunyodkorlik kayfiyati ustuvor. O‘zbekiston bilan yaqindan tanishib, tabiatidan, noz-ne’matlaridan bahra oldim, sayohatimdan rohatlandim.
Tinchlik-osudalik hukm surgan bunday zamindan fayzu baraka arimaydi. O‘zbekiston xalqiga muvaffaqiyat doimo yor bo‘lishini tilayman.
Miguel RODRIGUEZ (Ispaniya):
— Sayohatim davomida O‘zbekiston, uning boy madaniy, ilm-fan merosi haqida ko‘p narsa bilib oldim. Hozirgi dunyo fanlarining teran ildizlari shu o‘lka bilan bog‘liq. Ko‘hna Xorazm vohasi, uning noyob san’ati va madaniyati haqida ham tasavvurim boyidi. Bugungi avlod buyuk ajdodlari xotirasiga cheksiz hurmat-extiromda ekanligi diqqatga sazovor. Bu yerda turli millat vakillari hamjihatlikda, ahillikda yashayapti. Bugun dunyoda nimalar bo‘layotganligini ko‘rib, bilib turibmiz. Kimdir boshpanasiz, kimdir bir burda nonga zor. Kimgadir tinchgina yotib, oppoq tongni qarshi olish armon. Shunday shiddatkor zamonda o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yib ezgu amallar bilan yashayotgan xalqning kelajagi, albatta, buyuk bo‘ladi. Ayniqsa, g‘ayratli, ilmga  chanqoq yoshlarning yonib turgan ko‘zlariga boqib, bunga yana bir bor amin bo‘ldim.
O‘z yurtimga borgach, taassurotlarimni yaqinlarimga so‘zlab beraman. Ularning dilida ham O‘zbekistonni ko‘rish istagi uyg‘onishiga shubha qilmayman.
Gianna PARMESAN (Avstraliya):
— Har qadamda tarixni, ulug‘, betakror obidalarni ko‘rib, go‘zal yurtingiz haqida boy taassurotga ega bo‘ldik. Xalqingiz yuksak salohiyatga ega ekaniga ishonchimiz ortdi. Biri zamonaviy, yana biri qadimiy bo‘lgan Urganch va Xiva shaharlari, ayniqsa, yoqdi. Bag‘rikeng, mehmondo‘st va saxovatli bu zaminda mehmon bo‘lganimdan baxtiyorman.
Yaqinda bu yerda qadimiy Navro‘z bayrami nishonlandi. Guvohi bo‘lib quvondik. Yurtingiz ko‘chalari obod, fayzli. Kishilarning yuz-ko‘zida hayotdan mamnunlik, xotirjamlik balqib turibdi. Zero, ertangi kuniga ishonchi baland insonlar saodatmandir. Bularning barchasi taraqqiyotdan, farovonliqdan, yorqin kelajakdan dalolat beradi.


Oybek RAHIMOV yozib oldi.
“Xalq so‘zi” 19 mart, 2015 yil № 54 (6237)