Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ҲАМКОРЛИК ЯНАДА МУСТАҲКАМЛАНАДИ
19.06.2018

Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo bugun viloyatimizga tashrif buyurdi. Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida hurmatli mehmonni viloyat hokimi v.v.b F.Ermanov kutib oldi va tor doiradagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda Vengriyaning O‘zbekistondagi elchixonasining tashqi-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslaxatchisi Yanosh Vanik va viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Davletov hamda iqtisod fanlari doktori, professor B.Ro‘zmetovlar qatnashdi. Suhbat chog‘ida o‘zbek-vengr madaniy-gumanitar aloqalarini jadallashtirish, xususan, vengr sharqshunos olimi A.Vamberi sharafiga Xiva shahrida muzey tashkil etish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda sanoatni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Peter Santo ushbu uchrashuv hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat va ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan turli sohalarni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi. Suhbat chog‘ida turizm, sanoat va iqtisodiy munosabatlarga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa takliflar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif doirasida hurmatli mehmonlar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, hamda Xorazm viloyati Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi bilan uchrashdi. Shuningdek, viloyatda mavjud qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar faoliyati bilan tanishishdi. Uchrashuv so‘nggida ular qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

Xorazm viloyati hokimligining Matbuot xizmati