Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



HAR BIR BOLA - MEHR OG‘UShIDA
12.06.2014

“SOS - O‘zbekiston bolalar maxallalari” uyushmasi Xorazm viloyati filialida “Ijtimoiy zaif oilalar uchun mustahkam ijtimoiy tarmoq o‘rnatish” loyihasi doirasida oilaviy  maslahat markazi ish boshladi.

Markazning ochilish marosimida “SOS - O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi direktori Gulnoza Obidova, Xorazm viloyati hokimligi kotibiyati mudiri Ravshan Jabborov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish, tibbiy-psixologik, ma’naviy ko‘mak berish, ularni huquqiy-ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga yaqindan yordamlashish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.
Bola tarbiyasi, uning ozod va obod Vatanda, ota-onasi, yaqinlari orasida mehr va muhabbatga to‘yinib, ma’nan va jismonan barkamol bo‘lib voyaga etishi yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, joriy yilning “Sog‘lom bola yili” deb nomlanishi buning yaqqol isboti ekani qayd etildi.
“SOS - O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ayniqsa, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun boshqalardan kam bo‘lmagan turmush sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda. Bolalarning kelajakda xayotda o‘z o‘rnini topishiga xar tomonlama ko‘maklashish muhim ahamiyatga ega. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning nafaqat Mehribonlik uylarida, balki o‘zaro mehr-oqibat muhitiga asoslangan “SOS - bolalar mahallalari”da tarbiyalanayotgani etiborga molik.


Urganch shahri va Shovot tumanidagi “SOS - bolalar mahallalari”da tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayni paytda tashkilot xodimlari, pedagog va psixologlardan iborat oilalarni qo‘llab-quvvatlash guruhi nafaqat SOS oilalari, balki qishloq va mahallalardagi ijtimoiy zaif oilalarga ham har tomonlama ko‘maklashmoqda.
“SOS - Uzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan oilaviy maslahat markazi ijtimoiy zaif oilalarga ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, fuqarolarning ishga joylashishi va shaxsiy biznesini tashkil qilishida yordam beradi. Markazda ko‘ngillilar uchun “Ota-onalar klubi” ham faoliyat olib boradi.
- Jamiyatimizdagi muruvvat va bag‘rikenglik muhiti, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat samarasida har bir bola mehr va e’tibordan bahramand bo‘lib ulg‘aymoqda, - deydi oilaviy maslahat markazi rahbari Inobatxon Shomurodova. -Markazda ota-onalarga ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib, farzand tarbiyasi bo‘yicha guruh yoki yakka tartibda (individual) maslahatlar beriladi. Ota-onalik ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. Eng muhimi, malakali mutaxassislar har bir bola va ota-onaning individual ehtiyojidan kelib chiqqan holda ish olib boradi hamda butun oilaning murakkab turmush sharoitidan chiqib ketishiga ko‘maklashadi.
A.ShOKIROV.
“Xorazm xaqiqati”,  2014 yil 24 may № 41 (19075)