Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



HAR BIR BOLAGA MEHR-E’TIBOR
01.06.2018

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar keng miqyosda tantanali suratda o‘tkazildi. ... 1 iyun ertalabdanoq Urganch shahridagi va tumanlardagi istirohat bog‘larida yangragan karnay-surnay sadolari bolajonlarni, ularning ota-onalarini bayram tadbirlariga chorladi. Urganch shahridagi Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i bayramona bezatilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari, "Barkamol avlod" ijodiyot markazlari tomonidan tashkil etilgan baxtiyor bolalik, go‘zal tabiat, ertaklarning sevimli qahramonlarini aks ettirgan rang-barang suratlari, musavvirlik va qo‘l ishlari, xullas ijod namunalaridan iborat ko‘rgazmalar barchani e’tiborini tortdi. Bog‘ bo‘ylab bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan quvnoq qo‘shiqlar, musiqali madaniy, ma’rifiy tadbirlar qalblarga quvonch bag‘ishlaydi. Tadbirda qatnashgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov bolajonlarni bayram bilan qutlab, ularga sovg‘alar topshirdi. Bolajonlar ona Vatan, baxtiyor bolalikni, tinchlik, ustozlarni madh etuvchi she’rlarni aytib, qo‘shiqlar ijro etishdi. Shuningdek, Xiva shahridagi Bolalar shaharchasida ham bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashdi va sovg‘alar topshirdi. Viloyat qo‘g‘irchoq teatrining spektakli barchada chuqur taassurot qoldirdi. Shu kuni tashkil etilgan turli ijodiy tanlovlar, sport musobaqalarida yangi iste’dodlar kashf etildi. 1 iyun kuni viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Urganch shahridagi Bolalar uyida bo‘lib, tarbiyalanuvchilarga turli o‘yinchoqlar, sovg‘alar topshirishdi. 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyatimizning shahar va tumanlaridagi istirohat bog‘larida, bahavo so‘lim maskanlarida musiqali-teatrlashgan tadbirlar o‘tkazildi. Bolajonlar va ularning ota-onalari bayram tadbirlaridan yanada zavq olishdi.

Soliyajon RAHIMBERGANOVA