Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



HAR OBIDA - BIR DURDONA
04.03.2016

Qadimiy va navqiron Xiva shahriga kelayotgan sayyohlar o’z taassurotlarini samimiy dil so’zlaribilan izhor qilmoqdalar. Ayniqsa, mustaqillik sharofati bilan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamonaviysayyohlik infra tuzilmasini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklar umrini uzaytirish, muqaddas qadamjolarni asl xoliga keltirish, ta’mirlash ko’lamini kengaytirish, shu bilan birgalikda sayyohlarga har tyumonlama sifatli xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini yaratish borasida izchillik bilan ish olib borilmoqda.

Prezidentimizning Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to’g’risidagi Qaroriga asosan Xorazmda, xususan qadim Xivada katta xajmdagi yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlari izchillik bilan qizg’in davom etmoqda. Shaharning barcha xududlari yangilanish sari yuz tutmoqda. Yangi mehmonxonalar qurilib, ularda so’nggi pardozlash ishlari olib borilyapti. Xorijlik sayyohlarning bu ziyoratgoh shaharga bo’lgan qiziqishlari oshib boryapti. Shaharga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar dil izhorlari fikrimizning yorqin dalilidir.

-Biz Argentinadan tashrif buyurdik, -deydi Pablo Fibyan. - Bu yerga kelishdan oldin Samar­qandda bo’lib, O’zbekistonda tarixiy obidalar muhofazasiga davlat miqyosida katta e’tibor berilayotganligining guvohi bo’lgan edik. Xivada ham xuddi shunday xalqingizning boy tarixini o’zida mujassam etgan me’moriy yodgorliklar asrab-avaylanayotganligi bizda katta xayrat va xavas uyg’otdi. Har obidaning o’zi bir takrorlanmas durdona, o’ziga xos mo’jiza. Ayniqsa, Islomxo’ja minorasi, Juma masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Ko’xna Ark, Tosh xovli kabi yodgorliklarni dunyoning eng noyob mo’’jizalari desam yanglishmayman. "Xorazm musiqa tarixi” muzeyi bizda katta taassurot qoldirdi. Bo’lim mudiri Komiljon Aminov Xorazmning ulug’ san’atkorlari, ular xayoti va ijodiga oid noyob asori-atiqalar bilan yaqindan tanishtirdi. Unga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ichonqal’a bo’ylab tashkil etilgan xunarmandlar rastalarida ajoyib sovg’abop buyumlar ko’p. Bu esa uzoqdan tashrif buyur­gan biz kabi sayyohlar uchun ayni muddao. Bu milliy xunarmandchilik namunalari bo’lgan ajo­yib buyumlardan o’z yurtimizdagi oila a’zolarimiz, do’stlarimizga sovg’a sifatida xarid qildik. Bizni bugungi Xivaning zamonaviy qiyofasi,istiqlol yillarida olib borilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari ham xayratga soldi. Bu azim shaharga dustlarimiz bilan yana kelishni niyat kildik.

Ha, Sharq me’morchilik san’atini o’zida mujassam etgan qadimiy va xamisha navqiron Xiva xori­jiy sayyoxlarda unutilmas taassurotlar qoldirmoqda.

A.Bekchanova, Xiva "Ichonqal’a”

Davlat muzey qo’rqxonasi ilmiy xodimi.

"Xorazm haqiqati” 2015 yil 27 fevral № 17 (19259)