Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Harakatlar strategiyasi: ASOSIY MAQSAD – ISLOHOTLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
07.11.2018

Xorazm Ma’mun akademiyasida "Taraqqiyot strategiyasi" Markazi, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Germaniyaning Konrad Adenaer fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, viloyat hokimligi hamkorligida "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni Xorazm viloyatida ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning tahliliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, viloyat hokimligi, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildilar. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishda Xorazm viloyatida ham keng miqyosda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha jabhalarida islohotlar izchillik bilan davom etib, uning ijobiy natijalari kundalik faoliyatda yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda viloyat shahar va qishloqlarida aholi turmush farovonligi yanada yaxshilanib, yangidan turar joylar, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etildi. Tadbirkorlar safi kengayib, bugungi kunda ular ishlab chiqarayotgan sifatli va raqobatbardosh ko‘plab turdagi mahsulotlar xorijga ham eksport qilinmoqda. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida har tomonlama yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati takomillashmoqda. Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Salaev, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Akmal Burxanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Alisher Qodirov va boshqalar o‘z ma’ruzalarida Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi kundalik diqqat-e’tiborda bo‘lib, bu yuzadan amalga oshirilayotgan ishlar aniq fakt va misollar asosida tahlil etildi. - Xorazm viloyatida dastur doirasida keng ko‘lamda amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, qishloq joylarida aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarning ijobiy samaralari ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda, - deydi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Akmal Burxanov. - SHuningdek, bu yo‘nalishda oldda turgan vazifalarni bajarishga yanada mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini davr taqozo etmoqda. Tadbirda bugungi kunda aholining bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlarni o‘zlari xohlagan kasblar bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, xalqimizning elektr energiya, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishini yaxshilash, nogironlar, pensionerlarning moddiy qo‘llab-quvvatlanishiga yanada chuqur e’tibor qaratish muhimligi qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Sayyora Abdikarimova Harakatlar strategiyasidagi vazifalarni bajarishdagi ahvolni o‘rganish borasida shahar va chekka qishloqlarda bo‘lib, uyma-uy yurib, aholi bilan suhbatlashilganligini, ularning taklif va mulohazalari o‘rganilganligi hamda mavjud muammolarni joyida bartaraf etish uchun tegishli boshqarma va tashkilotlar bilan birgalikda amaliy ishlar olib borilganligini ta’kidladi. SHuningdek, viloyatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini fuqarolarga to‘g‘ri va o‘z vaqtida etkazish hamda davlat dasturining joylardagi ijrosi ustidan tizimli monitoring o‘tkazishni nazarda tutuvchi davlat va jamiyat qurilishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan aholini xabardor qilishga alohida e’tibor qaratildi. Ishchi guruhi tomonidan joylarda davlat dasturida belgilangan vazifalar asosida monitoring tadbirlari amalga oshirildi. Fuqarolar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning hududlardagi ahvoli haqida fikr almashildi. SHuningdek, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan 2018 yilda jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilgan ishlarning dastlabki yakunlarini sarhisob qilish hamda 2019 yil uchun islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida aholining qiziqtirayotgan savollariga javoblar berildi.