Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



HARBIY XIZMAT -SHARAFLI BURCH
14.02.2014

XARBIY XIZMAT -SHARAFLI BURCH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli xarbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan xarbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda shu yuzadan viloyat xokimi qabul qilgan qaror asosida viloyatimizda 2014 yil muddatli xarbiy xizmatta chaqiruvni namunali o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.



Chaqiruv-yig‘uv punktlari va chaqiruv komissiyalari zarur vositalar bilan jihozlandi. Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘uv punktida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarning dastlabki guruhini tantanali ravishda kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda "Mahalla" jamoat fondi, "Nuroniy" jamg‘armasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimi P. Bobojonov qatnashdi va so‘zga chiqdi. Qayd etilganidek, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz har tomonlama yuksalib, uning saflarida chuqur bilimli, matonatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol yoshlar o‘z burchlarini sharaf bilan bajarmokdalar.
- O‘g‘lim Farruhbek yoshligidan harbiy soha bilimlarini egallashni orzu qilardi. Uning orzusi ushalganidan xursandman. O‘g‘lim Vatanimiz sarhadlarini munosib asrashiga,  ?  ? berilgan topshiriqlarni sidqidildan ado etishiga ishonaman, - deydi Nargiza Jumanazarova.
- Harbiy sohaga bo‘lgan ishtiyoqim bois yoshlikdan puxta xozirlik ko‘rdim, muntazam sport bilan shug‘ullandim. Yurtimiz tinchligini asrab avaylashga, oldimdagi muhim sinovlarni engib o‘tishga so‘z beraman", - deydi muddatli harbiy xizmatga otlanayotgan yangibozorlik Islombek Bekchonov.
Saf tortib turgan yigitlarning chehrasidagi xushnudlik va o‘ziga xos matonat, g‘ayratni ko‘rib kalblar faxrga to‘ladi. Xizmatga otlanayotgan yigitlarga ezgu tilaklar bildirilib ular uchun dasturxon yozildi.
Che’rlar va qo‘shiqlarda ona-Vatanimiz, tinchlik, osoyishtalik, yoshlik tarannum etildi.
“Xorazm xaqiqati”, 2014 yil 8 fevral № 12 (19046)