Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



HOTAMJON KETMONOV QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDI
26.02.2015

19 fevral kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Prezidentlikka nomzod bilan uchrashuvlarda hududlarning jamoatchilik va ishbilarmon doiralari vakillari, partiya faollari ishtirok etdi.
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakillari — O‘zXDPning Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Q.Qurbonboyev, partiyaning Xorazm viloyati kengashi raisi R.Saburov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
 Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturini taqdim qildi. U O‘zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va marralar xalqimiz turmush farovonligini oshirish hamda mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi yo‘lida olib borilgan ulkan ishlar samarasi ekanligini qayd etdi.
 Nomzod o‘z saylovoldi dasturi asosiy yo‘nalishlarining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib, unda aholi bandligini ta’minlash, manzilli ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari alohida o‘rin tutishini qayd etdi.
Ta’kidlanganidek, odamlarning huquqiy ongi oshishi, dunyoqarashi tubdan o‘zgarishi, fuqarolik faolligi yuksalishi, kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishi mustaqilligimizning eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi.
 Nomzodning saylovoldi dasturida qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini oshkora hamda konstruktiv muhokama etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki amaliyotining izchil rivojlanishini ta’minlash, elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, davlat ishlarini boshqarish masalalarida siyosiy partiyalar va ularning deputatlik birlashmalari huquq hamda vakolatlarini yanada kengaytirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishning sud mexanizmlari ommabopligini kengaytirish va sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.
 Prezidentlikka nomzod uchrashuvlar ishtirokchilarining ko‘plab savollariga javob   qaytardi. O‘z navbatida, qatnashchilar nomzodning saylovoldi dasturi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
 Tadbirlarda Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Beruniy tumani kengashi raisi X.Eshimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat targ'ibot markazi rahbari Sh.Ayapov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi H.Nurjonova, O‘zXDP Xorazm viloyati kengashi bo‘limi mudiri N.Odamboyeva, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi O. Rajapov, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori B.Ismoilov va boshqalar so‘zga chiqdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yangi demokratik shart-sharoitlarda, partiyalararo raqobat kuchaygan bir sharoitda o‘tayotganini e’tirof etdi hamda mamlakatimiz kelajagi fuqarolarning saylovda faol ishtirokiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovchilarni O‘zXDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqiradi.
O‘zXDP matbuot xizmati.

“Xalq so‘zi” 20 fevral, 2015 yil № 35 (6218)