Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Hududiy dasturlar ijrosi ta`minlanmoqda
10.02.2014

Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy qomissiyalarida
hududiy ijrosi ta'minlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining joriy yil 17 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida qilgan ma’ruzasi faoliyatimizda dasturiy amal bo‘lmoqda. Ana shu asosda doimiy komissiyalar ish uslubi yanada takomillashtirilmoqda.
Biz, deputatlar korxona va tashkilotlarda, mahallalarda bo‘lib, ushbu muhim hujjat yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Xalq turmush farovonligini oshirishda joriy yilda belgilangan rejalar bilan ham tanishtirmoqdamiz.
Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirishda, Prezidentimizning farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosini joylarda ta’minlashda ham oldda turgan vazifalar alohida qayd etilmoqda.


Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iktisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ham bugungi kun talablaridan kelib chiqib, aniq reja asosida faoliyat olib bormoqda. Asosiy e’tibor qonunlar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklarning rolini yanada oshirish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, aholi bandligini ta’minlash, hududiy dasturlar ijrosini ta’minlashda mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy byudjetning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish, shuningdek, doimiy komissiya a’zolarining tashabbuskorligini oshirish kabi dolzarb masalalarga qaratilmoqda. Komissiyaning ushbu masalalarga doir yig‘ilishlariga doimiy komissiya a’zolari va tegishli tashkilotlar mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruhi a’zolari taklif etilib, mavjud muammolar ular bilan birgalikda muhokama etilmoqda. Bunda deputatlar faol qatnashib, ularda saylovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari ham diqkat markazida bo‘lmoqda.
Prezidentimizning 2008 yil 28 noyabrdagi "Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar komissiyamiz yig‘ilishida qarab chiqildi. Yig‘ilishda bu borada joylarda tijorat banklari oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi samaradorligini oshirish, past rentabelli korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, kreditlar ajratilishini yaxshilash yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Natijada, Xorazm viloyatidagi iqtisodiy nochor, kam quvvatli korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha xududiy dasturga muvofiq tijorat banklari tomonidan o‘tgan yili amalda 81 ta loyihaga 15 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, sohada yangi ish joylari yaratishni rag‘batlantirish bo‘yicha viloyatda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitib borilayapti. Jumladan, doimiy komissiya a’zolari tomonidan deputatlik so‘rovlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili 368   fuqaro, saylovchilar qabul qilinib, ularning murojaatlari ijobiy ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman kengashlari tomonilan "Obod turmush yili" Davlat dasturi asosida olib borilgan ishlarning samaralorligi to‘g‘risidagi masalalar o‘rganilib, muhokama etilib borilgani mazkur dasturni, tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etli. Ushbu jarayonga bevosita tuman va viloyat kengashlari deputatlaridan iborat ishchi guruhlari jalb kilindi. Deputatlar Davlat dasturida belgalab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishda faol qatnashdilar. Muntazam ravishda bu borada o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, aniq takliflar bilan chiqdilar.
"Obod turmush yili"da viloyatda, ayniqsa, aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, korxonalarni modernizatsiyalash, kengaytirish va kichik biznesni rivojlantirish kabi omillar hisobiga o‘tgan yili 60 ming 568 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, ko‘zlanganidan ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Bu yangi ish o‘rinlarining 49 ming 500 tasi qishloq joylarida yaratildi. Tadbirkorlik sohasida esa 53 ming 421 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Bu albatta, xalq farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ravnaqi, ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunonchi, ushbu tarmoq yangi ish o‘rinlari ochish, barqaror daromad manbalarini yaratishning muhim omiliga aylangan. Sohani rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, ish beruvchilarni rag‘batlantirish, bu boradagi vazifalarni to‘lik ado etish masalalari mahalliy Kengashlar va uning doimiy komissiyalarining diqqat-markazida turibdi.
Viloyat tijorat banklari tomonidan ushbu sohaga yo‘naltirilayotgan kreditlarning hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini banklar tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda shahar va tumanlarning iqtisodiy imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, chekka tumanlar hamda mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tuman va shaharlarda joylashgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘proq imtiyozli kreditlar ajratilyapti. Xususan, viloyatdagi mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga banklarning imtiyozli kredit jamg‘armalari xisobidan ajratiladigan imtiyozli kredit mablag‘lari hajmi ortdi.
Tijorat banklari tomonidan viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 2013 yilda 279,5 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, bu ko‘rsatkich 2012 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga ko‘paydi. Ajratilgan kreditlar hisobiga 24120 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Shu jumladan, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga 35 milliard so‘m, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 7,2 milliard so‘m, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga 6,2 milliard so‘m, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirishga 8,9 milliard so‘m kreditlar berildi.
Viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni bank kreditlari hisobiga moliyalashtirish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili jami 188 ta loyihalarga 25.7 million AQSh dollari ekvivalentiga teng mikdorda kredit mablag‘lari ajratilgani fikrimizning dalilidir.
Doimiy komissiyamiz yuqoridagi kabi dolzarb masalalarni hal etishda kelgusida ham yanada faollik ko‘rsatadi. Hozirgi kunda mahalliy Kengash deputatlariga katta ishonch bildirilgan. Bu deputatlarni o‘z faoliyatlarini ana shu ishonchga yarasha mas’uliyat bilan tashkil etishga, el-yurt tashvishi bilan yashashga, xalq farovonligiga o‘z hissalarini qo‘shishga undaydi.
Egambergan BOBOJONOV, xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining raisi, Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i.

“Xorazm Xaqiqati” 2014 yil 5 fevral № 11 (19045)