Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Hurmatli tadbirkorlar va o‘z faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar diqqatiga!!!
26.03.2018

Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun yana bir qulay imkoniyat yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Xorazm viloyatida davlat mulki ob’ektlarini tadbirkorlik sub’ektlariga sotish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3513-sonli qaroriga asosan, Xorazm viloyatining 4 ta shahar va tumanlarida barcha muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz ta’minlanadigan 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi.

Ishlab chiqarish maydonlari istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ko‘zlagan, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, faoliyatini kengaytirish harakatida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari 5 yil muddatga “nol” stavka bo‘yicha ijaraga beriladi, keyinchalik esa tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yangi ish o‘rinlarini barpo etilib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z muddatida to‘langan va yaratilgan ish o‘rinlari saqlangan taqdirda, ishlab chiqarish maydonlariga mulk huquqi bepul rasmiylashtirib beriladi.

Bundan tashqari, kiritiladigan investitsiya hajmiga qarab, yuridik shaxslarning foyda solig‘i, mulk solig‘i va yagona soliq to‘lovidan imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Shunday kichik sanoat zonalari viloyatdagi quyidagi hududlarda tashkil etiladi:

1. Urganch shahar Sanoatchilar ko‘chasidagi tugatilgan “Avtoxizmat” MChJ ning bino va inshootlari

Umumiy er maydoni: 1,6 gektar

Bino-inshootlar maydoni: 2 887 kv.m

Joylashtiriladigan loyihalar soni: 10 ta

Ixtisosligi: kimyo va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish. 

2. Urganch shahar Sanoatchilar ko‘chasidagi “Urganchtransgaz” ShK Ta’mirlash butlash boshqarmasi uchastkasi bino va inshootlari;

Umumiy er maydoni: 3,8 gektar

Bino-inshootlar maydoni: 10 541 kv.m

Joylashtiriladigan loyihalar soni: 28 ta

Ixtisosligi: qurilish materiallari, plastmassa, elektrotexnika, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish. 

3. Urganch tumani G‘oybu qishlog‘idagi Bino va inshootlar (sobiq Pivo zavodi).

Umumiy er maydoni: 3,9 gektar

Bino-inshootlar maydoni: 15 053 kv.m

Joylashtiriladigan loyihalar soni: 30 ta

Ixtisosligi: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. 

4. Xazorasp tuman Pitnak qishlog‘idagi Pitnak uchastka shifoxonasi eski binosi statsionar qismi;

Umumiy er maydoni: 2,85 gektar

Bino-inshootlar maydoni: 4 116 kv.m

Joylashtiriladigan loyihalar soni: 11 ta

Ixtisosligi: tikuv-trikotaj va xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish. 

5. Shovot tumani, Paxtakor maxallasidagi Sobiq “Shovot podshipnik” korxonasi bino va inshootlari.

Umumiy er maydoni: 2,9 gektar

Bino-inshootlar maydoni: 8 527 kv.m

Joylashtiriladigan loyihalar soni: 15 ta

Ixtisosligi: qurilish materiallari, temirchilik mahsulotlari, mebel, engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish. 

Eksportbop va importni o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalar sanoat zonasi hududiga tanlov asosida joylashtiriladi. Tanlov takliflarini taqdim etishda quyidagi hujjatlar albatta mavjud bo‘lishi lozim:

1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

2. Muhrlangan konvertga solingan biznes-reja, unda quyidagi ma’lumotlar albatta o‘z aksini topishi lozim:

investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, moliyalashtirishning aniq manbalari;

investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish shartlari;

yaratiladigan ish o‘rinlarining soni va mehnat resurslarini jalb etish manbalari;

ishlab chiqarishni tashkil etish uchun talab etiladigan xom-ashyo resurslarining manbalari, foydalanish imkoniyatlari mavjudligi;

ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulot(lar) nomi, tur(lar)i va hajmi, jumladan eksport hajmi;

loyihani amalga oshirish grafigi va ishlab chiqarishni boshlash muddati;

investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun talab qilinadigan elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa turdagi kommunal xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj; 

mahsulot realizatsiyasi uchun mo‘ljallangan bozorning egallanganligi, aniq xaridor yoki mijozlarning mavjudligi, eksport hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa).

Shoshiling, qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Tanlov savdolari 2018 yil “20” aprel va keyinchalik har haftaning juma kunlari soat 16:00da viloyat hokimligi (Manzil: Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 29-uy) binosida o‘tkaziladi.

Tanlov takliflarini qabul qilish tanlov o‘tkazish sanasidan 2 kun oldin 18:00 da to‘xtatiladi. 

Tanlov takliflarini qabul qilish joyi: “Xorazm kichik sanoat zonalari Direktsiyasi” DUK (Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uy). 

Qiziqtirgan savollar yuzasidan Xorazm viloyat hokimligining 

223-04-40, 223-02-22, Xorazm viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasining 223-09-81, Xorazm viloyati raqobat boshqarmasining 223-08-00, 223-08-72 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Viloyat xokimining o‘rinbosari                                                  T.Raxmanov