Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



IIB XABARLARI
21.02.2017

IIB XABARLARI

2017 yil 16 fevral kuni, Xorazm viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari hamda Urganch shahar IIB xodimlari hamkorligida Urganch tibbiyot kollejida "Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddasini tarqalishini olidini olish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda Xorazm viloyati IIB PPX va JTSB boshlig‘i S.Q.Raximov so‘zga chiqib, Respublikamizda 2017 yil 1 fevraldan 1 mart kuniga qadar "Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqalishiga qarshi kurash” oyligi e’lon qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berib, voyaga etib kelayotgan yoshlarimizni ma’nan boy, jismonan baquvvat bo‘lib kamolga etishlarida, ularni bilimli, shu bilan birga mustaqil fikrga ega bo‘lishlarida barcha birdek ma’sul ekanligini ta’kidlab, xozirgi kunda butun dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan, qanchadan-qancha oilalarni barbod bo‘lishiga va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan "Giyohvandlik” balosidan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarni oldini olish maqsadida Xorazm viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari hamda tibbiyot kolleji o‘qituvchi va talabalari hamkorligida "Giyohvand moddasiz sog‘lom turmush” mavzusida tashkil qilingan anjumanni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlagani uchun kollej o‘qituvchlari taqdirlandi.

Ushbu tadbirda kollej o‘qituvchi va talabalari ham so‘zga chiqib yot illartlardan ogoh bo‘lish to‘g‘risidagi o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir amaliy ruhda o‘tib jamiyatimizda giyohvandlik bilan bog‘liq kelib chiqayotgan og‘ir oqibatlar to‘g‘risidagi "Umr zavoli” nomli videofilm va boshqa saxna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

* * *

Muhtaram yurtboshimiz mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ichki ishlar organlari faoliyatiga to‘xtalib, huquqbuzarlik xolatlarini oldini olishga alohida e’tibor qaratib buning uchun avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va ma’suliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitlarini yaratib berish choralarini ko‘rish zarurligiga to‘xtaldilar.

Qo‘shko‘pir tumanida tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, "Kamolot” YIH, tuman imomi, Mahalla xayriya jamg‘armasi raxbarlari, deputatlar bilan tumandagi mahallalarda bo‘lib, xuquqbuzarliklar jinoyatlarni oldini olish, o‘quv muassasalarida o‘quvchilarning to‘liq davomatini ta’minlash shu bilan birga mahallalarni obodonlashtirish borasidagi uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Kenagas qishlog‘idagi "Qo‘shko‘pir qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kolleji”da o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda o‘quvchilar davomati, xududda sodir qilingan huquqbuzarlik va jinoyatlar, to‘y marosimlarni kam chiqim qilib o‘tkazish, mahallani obodonlashtirish masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, Qo‘shko‘pir shaharchasi "Gulzor” mahallasida sodir qilingan o‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha shaharchadagi 6 ta mahalla faollari, o‘quv muassasalar rahbarlari, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida sodir qilingan jinoyatning sabab va sharoitlari tahlil qilinib, huquqbuzarning ota-onasi va yaqinlari mahallada jamoatchilik o‘rtasida tanqidiy muhokama qilindi va jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuvlarda ko‘cha va uylarni obodonlashtirish, Navro‘z umumxalq bayramigacha tayyorgarlik ko‘rish, kam ta’minlangan oilalarga xomiylik yordamlarini ko‘rsatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bunday tadbirlar tumanning boshqa qishloq va mahallalarida ham davom qilmoqda.

* * *

Xorazm viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yong‘inlarni kelib chiqish sabablarini aholiga tushuntirish va ularning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2017 yil 16 fevral kuni "Jinoyatchilikni oldini olish va Profilaktika kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 23 nafar xodimlari tomonidan Urganch tumani Qoromon qishlog‘i, Yuqorijirmiz, Beruniy, Kattabog‘ va Qoromon mahallalarida hamda Urganch Iqtisodiyot kasb-xunar kollejida yong‘inlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda fuqarolar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish, is gazi, gaz va xavo aralashmasining chaqnashi va ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

R.Bobajanov

Xorazm viloyat IIB xodimi.