Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Ilg‘or tajriba va amaliyot
06.11.2014

Sog‘lom millatgina buyuk kelajakni yaratishga qodir.  Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish,  uni xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarishga qaratilgan islohotlar ana shu maqsadni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.  Chunonchi,  tibbiyot muassasalarimiz ilg‘or uskuna va jihozlar bilan ta’minlanayotgani ularda turli xastaliklarga aniq hamda tezkor tashxis qo‘yish va samarali davolash imkonini berayapti.  Bunday imkoniyat nafaqat poytaxt,  balki viloyat va tuman shifoxonalarida ham yuzaga kelayotgani sohaning jadal taraqqiy etayotganidan dalolatdir
Ko‘z mikroxirurgiyasi:
Urganch shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazining Xorazm viloyati filiali faoliyati fikrimizga misol bo‘la oladi. 2008 yilda tashkil qilingan mazkur muassasa 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, diagnostika, laboratoriya va 2 ta jarroxdik bo‘limiga ega. O‘tgan davr mobaynida bu yerda 12 ming nafardan ziyod bemor dardiga davo topdi, 62 mingdan ortiq kishiga esa tibbiy maslahatlar berildi.
Shifo maskani eng zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Keyingi yillarda bu yerda 20 dan ortiq turdagi ko‘z kasalliklarini   kompyuter texnologiyasi, lazer nuri va ultratovush yordamida diagnostika qilish hamda davolash ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun 700 million so‘mlikka yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Hozir markazda faoliyat yuritayotgan 22 nafar shifokor tomonidan aholiga oftalmologiya sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. O‘z navbatida, poytaxtdagi hamda chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilayapti. O‘tgan davrda shifokorlardan   bir   guruhi   xorijda   malaka oshirib qaytdi.
Hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari uchun ko‘z kasalliklari kafedrasi  tashkil etilgan bo‘lib, bo‘lg‘usi shifokorlar shu yerda amaliyot o‘tashayapti. Bu esa ularning mazkur soha sirlarini puxta egallashlarida ayni muddao bo‘layotir.
- Joriy yildan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi shifokorlari yordamida lazer jarrohligini amaliyotga tatbiq etdik, - deydi muassasa bosh shifokori Bekbergan Nurullaev. - Qisqa davr ichida 100 nafardan ortiq bemor yangi usulda shifo topdi. Yaqindan boshlab esa jarrohlik amaliyotini ultratovush yordamida o‘tkazadigan ilg‘or uskunalarni ishga tushirdik. Bu ham imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi.
Albatta, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi har bir ustuvor maqsad ro‘yobida davlatimiz rahbarining hayotbaxsh g‘oyalari, barcha sohalarni birdek qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi maruzasida mazkur markaz faoliyatini alohida tilga olgani bu erda mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini yangi muvaffaqiyatlar sari dadil qadam tashlashga undamoqda.
Oybek  RAHIMOV,
«Xalq so‘zi» 6 Noyabr, 2014 yil № 215 (6145)