Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ILM-FAN TARAQQIYOTIGA BAG’ISHLANGAN ANJUMANLARGA PUXTA TARADDUD
16.03.2016

Istiqlol yillarida mamlakatimizda ilm-fan jadal sur’atlar bilan rivojlanib, uning yutuqlari iqtisodiyotning barcha sohalarida tatbiq etilayapti. Bu esa har tomonlama o’zining yuksak natijalarini bermoqda. Yurtimiz olimlari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini izchil davom qildirmoqdalar.

Viloyat hokimi P.Bobojonov viloyat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o’rni va ahamiyatini kuchaytirish, fan va texnikaning muhim ilmiy va texnologik muammolarini xal etish, ilm-fan sohasining barcha jabhalarida yosh olimlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda ular o’rtasida o’zaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy va ilmiy- texnikaviy anjumanlarni samarali o’tkazish hamda Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 20 yanvardagi farmoyishi ijrosini ta’min­lash maqsadida farmoyish qabul qildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi far­moyishi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinganligi qayd etiladi.

umanlar va Urganch shahar hokimliklari, viloyat sog’liqni saqlash, viloyat ichki ishlar boshqarmalariga viloyatda o’tkaziladigan anjumanlarni yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha aniq vazifalar topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, tegishli vazirlik va idoralarningO’zbekiston Respublikasida 2016 yilda Xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi tasdiqlandi. Anjumanlarning belgilangan muddatlarda puxta tayyorgarlik ko’rilgan holda yuqori ilmiy va tashkiliy saviyada o’tkazilishi ta’minlanadi.

Farmoyishda viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati” va "Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatiga o’tkaziladigan anjumanlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etildi.

 
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati