Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ILMIY – AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
12.11.2016

ILMIY – AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

 

Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston onkologlari assotsiatsiyasi, O‘sma kasalliklari Respublika ilmiy markazi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Me’da-ichak trakti o‘sma kasalliklari: diagnostika va davolashdagi yangi texnologiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy – amaliy konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 


Ilmiy – amaliy konferentsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan, hamda qator chet ellardan kelgan mehmonlar ishtirok etdilar. Hindistonlik doktor Raxul Bxargava , doktor Savant Dxaryashil, doktor Denish Pendxarkarlarni, turkiyalik Oktar Aloglu, rossiyalik Elena Kutirina va qozog‘istonlik Sabbaeva Elvira Bolatovnalar shular jumlasidandir.

Ushbu anjumanning Xorazmda o‘tkazilayotganligi bejiz emas. Viloyat onkologiya dispanseri respublikada etakchi muassasalardan biri hisoblanadi. Bu erda bemorlarga o‘z vaqtida va sifatdi yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Investitsiya dasturi asosida viloyat onkologiya dispanseri kapital rekonstruktsiya qilindi. Ta’mirlash ishlariga davlat byudjetidan 6 milliard so‘m sarflandi.

Dispanserni davolash va zamonaviy tashhis uskunlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumlalan, 2015 yilda oshqozon – ichak trakti a’zolari kasalliklarini aniqlashda ishlatiladigan Yaponiyada ishlab chiqarilgan Ezofagogastroskop, Koloskop ishga tushirildi. Shuningdek, yaqinda Xitoyda ishlab chiqarilgan kompyuterli tomograf o‘rnatilib, foydalana boshlandi.

Bugun ushbu shifoxonada tibbiyot fanlari doktori, professor Xudoyqulov Tilla Qurbonovich, olti nafar tibiyot fanlari nomzodi, 30 dan ortiq oliy va birinchi toifali vrachlar aholiga malakali xizmat ko‘rsatish borasida mehnat qilmoqdalar.

Bu erda buyrak, oshqozon – ichak trakti, jigar va o‘pkasida xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarga jarrohlik yo‘li bilan sifatli yordam ko‘rsatish imkoyati mavjud.

Anjuman doirasida me’da-ichak trakti o‘smalarini tashhislash, davolash va davolash standartlarini takomillashtirish, ko‘rib chiqilayotgan kasalliklar kimyoterapiyasi, morfologik diagnostika va a’zo saqlovchi jarrohlik amaliyotlariga zamonaviy yondoshuvlar, kasallik profilaktikasi va bemorlar reabilitatsiyasining dolzarb muammolari kabi masalalar muhokama qilindi.

Yangi ishlanmalar, amaliyotga ilg‘or tajribalarni joriy qilish, xalqimizning tibbiy savodxonligini oshirishda haqida o‘zaro fikr almashinildi .

Shuhrat Matkarimov,

Xorazm viloyati hokimligining etakchi mutaxassisi