Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



IMKONIYAT, IMTIYOZ VA RAG‘BAT
04.07.2015

Mamlakatimizda xususiy sektorni izchil rivojlantirish, soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar yuksak samaralar bermoqda. Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz tomonidan ko‘plab istiqbolli loyihalar ro‘yobga chiqarilib, import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi maxsulot turlarini tayyorlash o‘zlashtirilayotir.
E’tiborli jihati, ana shu jarayonda “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki ham o‘z sarmoyalari bilan faol ishtirok etayapti. Xususan, moliya muassasasi tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini ravnaq toptirishga yo‘naltirilmoqda.
“Mikrokreditbank”:
Bunda Prezidentimizning 2008 yil 10 noyabrdagi “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni muxim dasturilamal bo‘layotir. Chunonchi, bank moliyaviy barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik va fermerlikni yanada ravnaq toptirish, oilaviy biznesni kengaytirish xamda bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish kabi masalalar Farmonda belgilab berilgan ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Mazkur yo‘nalishda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar esa “Mikrokreditbank”ning Xorazm viloyati filiali faoliyatida xam ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Ayni paytda ushbu filial tumanlardagi beshta bo‘limi, yettita minibanki orqali chekka qishloq va mahallalarda istiqomat qiluvchi aholini ham o‘z moliyaviy xizmatlari bilan to‘liq qamrab olishga erishayapti. Muassasa mutaxassislari sohaga doyr masalalar yuzasidan mijozlarga keng tushuncha va maslahatlar berib borishayotir. Pirovardida uning xizmatlaridan foydalanuvchilar safi tobora kengaymoqda.
Urganch tumanidagi “Xorazm evro servis” xususiy korxonasi ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, faoliyatini kengaytirib borayotgan kichik biznes sub’ektlaridan biridir. Korxonada “Mikrokreditbank” ning Xorazm viloyati filiali tomonidan ajratilgan 120 million so‘mlik sarmoya hisobiga ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan qandolat mahsulotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
- Kredit evaziga xarid qilgan zamonaviy uskunalarimiz yordamida olti turdagi shirinliklar ishlab chiqarayapmiz, - deydi korxona rahbari Anvar Xakimov. - Ushbu loyiha tufayli o‘n kishining bandligini ta’minladik. Kelgusida moliya muassasasi bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlab, mahsulotlarimiz turini ko‘paytirmoqchimiz.
Ma’lumki, bank resurs bazasini mustahkamlash xamda uning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishda axoli bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish muhim omil xisoblanadi. Shu bois filial jamoasi depozit bozorini chuqur o‘rganib, mavjud talab va takliflardan kelib chiqqan xolda, o‘z omonatlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratayapti. Masalan, xozir bank tomonidan 4 ta omonat turi joriy etilgan bo‘lib, ularga jalb qilingan mablag‘lar miqdori yil boshiga nisbatan 18 foiz usdi. O‘z navbatida, filial omonatchilari soni 20 ming 200 nafardan ortdi. Tabiiyki, bunday sa’yharakatlar bank kapitalining yanada oshishiga zamin yaratmoqda. Pirovardida aholiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifati yanada oshib, bank va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlar mustahkamlanayotir.
Keyingi yillarda yurtdoshlarimizning tezkor va kafolatli hisob-kitob tizimiga extiyoji ortishi bilan “elektron hamyon”lardan foydalanish ommalashdi. Bunday zamonaviy qulaylikdan aholini baxramand etishda “Mikrokreditbank” xam faollik ko‘rsatayapti. Jumladan, xozirgi vaqtga qadar filial tomonidan jami 30 ming 169 dona plastik kartochka muomalaga chiqarilgan. Joriy yil boshidan buyon 534 ta terminal xududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga o‘rnatilishi tufayli axolining elektron to‘lovlarni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.
Yoshlar - ertangi kunimizning tayanchi va suyanchidir. Shu bois bank mutasaddilari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yigit-qizlar, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishni o‘z ustuvor vazifalaridan biriga aylantirgan. Bunday yondashuv esa katta hayotga qadam qo‘yayotgan farzandlarimizning jamiyatdan munosib o‘rin egallashlariga xizmat qilayapti. Aytaylik, shu yilning o‘tgan besh oyi davomida filial tomonidan kasb-hunar kollejini tamomlayotgan 221 nafar yigit-qizga biznesini boshlashlari uchun 2 milliard so‘mdan ortiq mikrokreditlar ajratildi. Shuningdek, viloyatdagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yosh tadbirkor - yurtga madadkor”, “Mening biznes g‘oyam” loyihalari amalga oshirilib, ular yakunida iqtidorli yoshlarga imtiyozli kredit olish hukuqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
- Ushbu bankning 6 million so‘m miqdoridagi boshlang‘ich sarmoyasi hisobiga o‘z biznes g‘oyamni ro‘yobga chiqardim, - deydi Xiva qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kolleji bitiruvchisi Shohruh Ollaberganov. — Shu tariqa yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, alyuminiy va plastik profildan deraza hamda eshik romlari tayyorlashga kirishdim. Xozir tumanimizdagi uy-joy quruvchilarning buyurtmalarini o‘z vaqtida bajarayapman. Maxsulotlarimning xaridori ko‘payib borayotgani bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlayapti.
Bank moliyaviy ko‘magiga tayanib mebelsozlikni yo‘lga qo‘ygan Bog‘at kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Ravshan Ortiqov, tikuvchilik yo‘nalishida ish boshlagan Xazorasp kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Shohryh Razzoqov faoliyatidan ham ana shunday misollar keltirish mumkin.
Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bank faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida 145 nafar xotin-qiz moliya muassasasining 2 milliard 864 million so‘mlik imtiyozli sarmoyalariga ega bo‘ldi. Natijada ular tomonidan viloyatda xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, parrandachilik, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish kabi yo‘nalishlarda qator istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
“Mikrokreditbank" yosh oilalarning ham yaqin hamkori hisoblanadi. Chunki muassasa oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan besh oyi mobaynida filial tomonidan 60 ta yosh oilaga 1 milliard 274 million so‘mlik mikrokreditlar ajratildi. Viloyatda bunday imtiyozdan foydalanayotganlar safi yil sayin kengayib borayotir.

Oybek RAHIMOV, “Xalq so‘zi” muxbiri.
Xalq so‘zi 2015 yil 3 iyul № 130 (6313)

Imkoniyat va rag‘bat — yuksak marralar sari eltuvchi yo‘l. Shunday ekan, “Mikrokreditbank” jamoasi doimo yangilikka intilib, aholiga zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish payidan bo‘lib kelayapti. Bu esa moliya muassasasi bilan hamkorlik qilish istagidagi yurtdoshlarimiz soni ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda.
Masalan, hozirga kelib filial mijozlari soni 32 ming 237 nafarni tashkil etayapti. Quvonarlisi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 15 ming 552 taga ko‘pdir. Binobarin, bank jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i ham avvalgi yildagidan 18 milliard 176 million so‘mga ortib, 52 milliard 433 million so‘mga yetdi. Ajratilgan mikrokreditlar miqdori esa 23 milliard 483 million so‘mdan iborat bo‘lib, bu 2014 yilga qiyoslaganda 5 milliard 651 million so‘m ziyoddir. Shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 10 milliard 386 million so‘mni tashkil etdi. Mazkur sarmoyalar hisobiga 850 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilib, ko‘plab oilalar doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.