Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar xududiy yarmarkasi o‘tkazildi
07.04.2016

Xorazm viloyatida "IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar xududiy yarmarkasi” o‘tkaziladi.
Xorazm Ma’mun Akademiyasi, Urganch Davlat universiteti, Toshkent tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Xorazm paxtachilik stantsiyasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi va boshqa muassasalar olimlari tomonidan bajarilayotgan 20 dan ortiq fundamental, amaliy, innovatsion loyihalardan hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi ilmiy tadqiqot institutlarida olingan ilmiy va amaliy natijalar xududiy yarmarkada asosiy o‘rinni egalladi.

Shuningdek, yarmarkada Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi universitetlar, sog‘liqni saqlash , qishloq va suv xo‘jaligi va boshqa vazirliklar ilmiy markazlari o‘z innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdilar.
Yarmarkada 12 ta yo‘nalish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini, maxalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, yangi paxta va boshqa ekinlarni hosildor navlarini yaratish, sanoatda yangi innovatsion texnologiyalar, tuproq unumdorligini oshirish, suvdan samarali foydalanish va ekologik muammolarni hal qilish, axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan innovatsion g‘oya, ishlanma va loyihalar taqdim etilgan.
Ulardan eng samaralilari may oyida Toshkent shahrida bo‘ladigan Respublika yarmarkasida qatnashish uchun tanlab olinadi.
 
Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati