Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



INSON MANFAATLARI MUQADDAS
25.01.2017

INSON MANFAATLARI MUQADDAS

Yoshlar bizning kelajagimiz. Ular uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da yangi, yuksak bosqichga ko‘tariladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash —yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida bu to‘g‘rida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek,Mustaqillik yillarida yosh avlod kamoloti yo‘lida misli ko‘rilmagan ishlar qilindi. Birgina o‘tgan "2016-yil Sog‘lom ona va bola yili”daYurtimizda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasidagi ishlarning davomi sifatida umumta’lim maktablarida 220 dan ziyod sport zallari barpo etildi.Yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi.

O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish yuzasidan yuritilayotgan davlat siyosati butun dunyoda yuksak e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda yoshlarimiz fan, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishib yurtimiz shuxratini jahonga yoyayotganliklari, mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklari ushbu siyosatning samarasidir.

Yoshlarimizni diniy ekstremizm, "ommaviy madaniyat” kabi mafkuraviy tahdidlardan asrash masalasi jahonda qaynoq nuqtalar kamayish o‘rniga ortib, millionlab odamlar urushlardan aziyat chekayotgan, G‘arbda esa "oila” atalmish muqaddas qadriyat darz ketib insonlar ma’naviy tanazzulga yuz tutayotgan tahlikali zamonda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

–Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda, milliy ma’naviy qadriyatlarimizning roli beqiyos, –dedi tadbirda so‘zga chiqqan partiya viloyat kengashi Bosh mutaxassisi Sardor Aitboyev. –Aynan shu qadriyatlar asosida tarbiya topgan ajdodlarimiz jahon ilm-fan, madaniyat va san’ati rivojiga juda katta hissa qo‘shganlar. Bugun yoshlar ajdodlarimiz an’analarini davom ettirishlari va shu orqali O‘zbekistonni taraqqiy ettirishda faol ishtirok etishlari zarur. O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham yoshlarni milliy urf-odat va qadriyatlar va an’analarimizni e’zozlash ruhida tarbiyalashga e’tibor qaratar ekanyoshlarni har tomonlama kamol toptirish, barcha toifadagi yoshlarning ta’lim olish, mehnat qilish, madaniyat, sport bilan shug‘ullanish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, davlatimizning yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amho‘rligiga javoban o‘zlariga yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, yuksak maqsadlar sari olg‘a intilishlari hamda ota-onasi, ustoz-murabbiylari va mahalladoshlarining orzu umidlarini ro‘yobga chiqarib el-yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib voyaga etishlari lozimligini ta’kidladilar.

Tadbirda shuningdek, Prezidentimizning ma’ruzasida mamlakatimizda turizmni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani yoshlarimiz tomonidan alohida e’tirof etildi. Zero, davra suhbati ishtirokchilarining aksariyati Urganch Turizm va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji talabalaridir. Vohada turizmning yanada ravnak topishi sohada mutaxassislarga talab oshishi, yoshlarimizning o‘z qiziqishlariga ko‘ra tanlagan kasblari bo‘yicha ishga joylashishlari, o‘z iqtidor va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.

2017-yilni yurtimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Bu yilda belgilangan vazifalar aholining katta qatlamini tashkil qiluvchi yoshlarning manfaatlarini ham ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Ushu vazifani amalga oshirishga jamiyatimiz o‘zining bor salohiyatini astoydil ishga soladi. Zero, yoshlar hayotimiz davomchilaridir.

O‘ktam Yo‘ldoshev, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashidagi partiya guruhi a’zosi: Prezidentimizningxalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, deya aytgan so‘zlarida bir olam ma’no bor. Chunki, mamlakat taraqqiyotiga, aholi turmush farovonligi oshishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlashgaaholi bilan doimiy muloqot qilish qilish orqali erishiladi. Aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Maftuna Nuriddinova, Urganch turizm va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji talabasi: Xalqimizga xos yosh avlodga g‘amho‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekistonda yashayotganimdan baxtiyorman. Prezidentimizning "Qonun ustuvorligi vainson manfaatlarini ta’minlash —yurt taraqqiyoti vaxalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasi juda ko‘plab tengqurlarim qatori menda ham katta taassurot qoldirdi. "Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib, hayotdan munosib o‘rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, deya ma’ruzada aytilgan so‘zlarida otalarcha g‘amho‘rlik tafti sezilib turadi.

Alisher RAHMONOV,

O‘zMTDP viloyat kengashi

etakchi mutaxassisi.