Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



INSON QADRI - ULUG‘ , XOTIRASI – MUQADDAS
13.05.2014

INSON QADRI - ULUG‘ , XOTIRASI – MUQADDAS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan e’lon qilingan 9 may - Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda har yili umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Bu yil ham ushbu bayramga viloyatimizda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rildi. Bayramoldi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari natijasida mahallalar, xiyobonlar, ko‘chalar, hududlar yanada obod, saranjom-sarishta bo‘ldi.
Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida amaliy ishlar olib borildi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 600.000 so‘mdan pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi. Viloyat hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi, tashkilotlar va idoralarning mas’ul xodimlari faxriylarning xonadonlarida bo‘lib, ularga sovg‘a-salomlar topshirdilar. Mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari bugun ham davom etmoqda. Ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda urush qatnashchilari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda otaxonlar janggohlarda dushmanga qarshi mardlarcha kurashgan o‘zbek yigitlarining qahramonliklarini gapirib berishmoqda. Jasur o‘g‘lonlarning fidoyiliklarini yoshlar she’rlar, qo‘shiqlar orqali madh etishyapti.
Shuningdek, mehnat jamoalarida samarali ishlab, bugun keksalik nafaqasida bo‘lgan otaxon, onaxonlar ham uchrashuvlarda qatnashdilar.
Kecha ertalab viloyat markazidagi Xotira maydoniga Xorazmning shahar va qishloqlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdilar.


Tadbir ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushida mardlarcha halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
- Urush boshlanganida 19 yoshda edim. Qishloqda dala ishlari bilan mashg‘ul edik.  Qo‘shni yigitlar bilan frontga otlandik. Dushman bosib olgan shahar, qishloqlarni ozod qilishda qatnashdim. Ayniqsa, ota-onasidan etim qolgan bolalarning ko‘z yoshlari hamon ko‘z oldimda, - deydi xonqalik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro‘zmat Jumaniyozov.
Shuningdek, Hazorasp tumanidan Samandar Jumaniyozov, Shovot tumanidan Samandar Hasanov, Qodir Pirmatov va boshqa urush qatnashchilari Ikkinchi jahonurushida o‘zbek yigitlarining qahramonliklarini va janglarda halok bo‘lgan quroldosh do‘stlarini xotirlaydilar.
Maydon uzra musiqa ohista yangraydi. Motamsaro ona poyi gullarga to‘ladi.
Shu kuni tadbir ishtirokchilari viloyatimiz markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar bilan tanishdilar. 
-  Taassurotlarim cheksiz. Qisqa vaqt ichida Urganch shahrida ulkan bunyodkorliklar amalga oshirilibdi. Al-Xorazmiy, A.Bahodirxon ko‘chalaridagi ko‘p qavatli turar joylar, Shovot kanali qirg‘og‘idagi yaratuvchilik, obodonlashtirish ishlarini ko‘rib ko‘zlarim sevinchdan yoshlandi, - deydi mehnat faxriysi A.Qalandarov.
-  1979-1989 yillarda sobiq sho‘rolar tuzumi davrida Afg‘onistondagi maqsadsiz urushga o‘zbek yigitlari ham jalb etildi. Ayovsiz, qaqshatqich janglarda 1542 nafar o‘zbek o‘g‘loni nogiron bo‘lib qaytishdi. Xorazmlik 79 nafar yigit bu urushda halok bo‘lishdi. 143 nafari nogiron bo‘lib qaytib kelishdi. Jangchi-faxriylar o‘zlarining sobiq quroldosh do‘stlarini hurmat bilan yodga olishdi,   - deydi viloyat jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar) boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Boltaev.
Xotira maydonida urush, mehnat faxriylari gurunglashib, tinchlik, osoyishtalikka shukronalar aytishdi.
Tadbir ishtirokchilari uchun muhtasham “Xumo” to‘yxonasida bayram dasturxoni yozilib, tantana davom etdi.
Viloyat hokimi P.Bobojonov barcha yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Urush va mehnat faxriylariga sovg‘alar topshirildi. Taniqli san’atkorlar tomonidan musiqali dastur namoyish etildi.
9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari viloyatimizning barcha tumanlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 9 may № 37 (19071)