Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



INSONIYATGA OCHLIK XAVF SOLMOQDA...MI?
17.03.2018

Bu savolga ham ijobiy, ham salbiy jpvobsh mumkin. Chunki hozirgi vaqtda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda  oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmlarining oshayotganiga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi etarli rivojlanmagan mamlakatlar uchun o‘z aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash eng dolzarb masalaga aylamoqda.  

Shuni ta’kidlash lozim-ki, O‘zbekiston o‘z oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali dunyo oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Aytib o‘tish kerak-ki, bu ikki tomonlama harakat. Bir tomondan O‘zbekiston dunyo bozorlariga o‘z mahsulotlarini chiqarmoqda. Ikkinchi tomondan o‘zimizda tanqis bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqda. Shukning uchun ichki bozorda narx-navo oshib ketishini oldini olish maqsadida talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish , agrosanoat loyihalarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan ashyo va texnologiyalarni mamlakatimizda olib kirishda imtiyozlar beradigan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5303-sonli Farmoniga bilan   2019 yilning 1 yanvarigacha import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Unda qoramol, qo‘y va echkilar, qoramol go‘shti, barra yoki sovutilgan barra, sovutilgan (muzlatilganidan tashqari) qo‘y yoki echki go‘shti, soya loviyasi, kungaboqar va kunjut urug‘i, shakarqamish yoki lavlagi shakari tovarlari mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 fevraldagi Farmoni bilan mazkur tovarlar ro‘yxatiga yangi va sovutilgan kartoshka mahsuloti ham kiritildi.

Ana shu Farmonga asosan  2017 yil davomida Xorazm viloyatiga olib kelingan 432 tonna kartoshka mahsulotiga 283,66 mln. so‘m hamda 2018 yilning o‘tgan davrida olib kelingan     15 ming 300 tonnadan ortiq shakar mahsulotiga 20,6 mlrd. so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanildi. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil              6 martdagi farmoyishiga asosan 2021 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan issiqxona va issiqxona qurilish konstruktsiyalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga ham bojxona imtiyozlari belgilab qo‘yildi.

Xorazm viloyatiga  2016-2018 yillar mobaynida 10 ta tashkilot tomonidan Rossiya, Eron, Turkiya va Koreya davlatlaridan jami 11,9 ga maydonni qoplaydigan zamonaviy issiqxona komplekslari import qilinishi va buning uchun 24,41 mlrd. so‘m miqdorida bojxona imtiyozlari qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Bu tadbirlar  ichki va tashqi bozorni  arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eng asosiysi insoniyat oldida turgan jiddiy xavf – global ochlik muassosini hal qilishda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Jasurbek Boltaev,

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi 

katta inspektori