Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



INSONIYATNING BEBAHO XAZINASI
23.12.2014

Dunyoga mashhur mutafakkirlardan biri kitob haqida, “Qancha-qancha kunlar, uyqusiz tunlarning mehnati, qanchalab aql-quvvat, umid va tashvishlar, bardosh bilan faqat izlanishga baxsh etilgan qancha-qancha umrlar bosmaxonaning mana shu mayda qarflariga jo etilgan, tevaragimizdagi torgina javonlarga yig‘ilgan”, degan ekan. Haqiqatan ham, kitob - insoniyatning bebaho xazinasi. Unda barcha bilimlar, ma’naviy boyliklar jamlangan. Inson kitob yordamida aql-zakovat koshonasiga dadil qadamlar bilan kirib borishi mumkin. Tabiiyki, bunda kutubxonalarning o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatimizda axborot-kutubxona tizimini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida viloyat axborot-kutubxona markazida, shuningdek, viloyatimizdagi barcha kutubxonalar va axborot-resurs markazlarida tub o‘zgarishlar amalga oshiriddi.  Xususan, turli adabiyotlarning elektron nusxalari yaratilib, ushbu adabiyotlarni masofadan turib o‘quvchilar e’tiboriga havola etish imkoniyati yuzaga keldi. Yangi elektron kitoblar bilan boyitilishi natijasida ziyo maskanlarida axborotlarni to‘plashda qator qulayliklar yaratildi.
Axborot-kutubxona markazimizda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish borasida ham bir muncha ishlar bajarilmoqda. Bu, albatta, kitobxonlar safini kengaytirishga, ularga zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Hozir markazimizning axborot xujjatlari fondida 596458 nusxada adabiyotlar mavjud. U kun sayin yangi elektron-axborot resurslari bilan boyitilmokda. Bu erda elektron o‘kuv zali, internet markazi, multimedia zallari tashkil etilgan. 48 ta kompyuter jamlanmasi va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari kitobxonlar xizmatida.
Respublika Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Respublika Axborot-kutubxona markazi tomonidan ziyo maskanimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qator ishlar qilindi. Jumladan, 7 ta kompyuter, protsessor, monitor, rangli o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi veb-sayti faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda ZiyoNet va internetning boshqa tarmoqlaridan olingan, markaz resurslari asosida to‘plangan to‘la matnli ma’lumot bazalari yig‘ib borilayotir.
Buning natijasida on-line ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.
Bundan tashqari, xodimlarimiz viloyatdagi 161 ta axborot-resurs markaziga uslubiy yordam ko‘rsatib kelishyapti. Kitobxonlarning zarur adabiyotlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ko‘chma kutubxonalar xam tashkil etilmoqda.


Rahimboy QURBONOV,
Xorazm viloyati axborot-
kutubxona markazi direktori
“Mohiyat” 2014 yil 19 dekabr № (747)