Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


 Viloyatdagi mavjud kutubxonalar va kitob do‘konlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etish interaktiv-axborot xizmati reglamenti (479 kb)

 
Xorazm viloyatidagi axborot-resurs markazi rahbarlari to’g’risida
Ma’lumot
 
T/r Axborot- resurs markazi  nomi ARM  manzilgohi  Telefon
1 Viloyat axborot –resurs markazi Urganch  shahar A. Bahodirxon  ko’cha 152a uy, Moslashtirilgan 0(362) 228-22-05
2 Urganch shahar axborot–resurs markazi Urganch shahar Al-Beruniy ko’cha 2a uy, 24-son maktab binosida 0(362) 223-27-25
3 Bog’ot tuman axborot–resurs markazi Bog’ot shaharcha S. Raximov ko’cha, 7-son maktab binosida 0(362) 31-51-195
4 Gurlan tuman axborot–resurs markazi Gurlan tuman Az-Zamahshariy ko’cha 4- uy, 4-son maktab binosida 0(362) 36-51-972
5 Xazorasp tuman axborot–resurs markazi Xazorasp  tuman  Mustaqillik ko’cha      50 uy, 21-son maktab binosida +99895 602-60-80
6 Xiva tuman axborot –resurs markazi Xiva  shahar Majidiy ko’cha 13uy, 2-son maktab binosida 0(362) 37-55-282
7 Xonqa tuman axborot–resurs markazi Xonqa  tuman R.Bobojonov ko’cha 124uy, 38-son maktab binosida 0(362) 39-91-672
8 Shovot tuman axborot–resurs markazi Shovot J.Manguberdi ko’cha, 1-son maktab binosida 0(362) 34-54-994
9 Urganch tuman axborot–resurs markazi Urganch tuman Ibn Sino ko’cha 2uy, 38-son maktab binosida 0(362) 35-22-738
10 Yangiariq tuman axborot–resurs markazi Yangiariq tuman D.Bobojonov ko’cha 124uy, 29-son maktab binosida 0(362) 38-54-161
11 Yangibozor tuman axborot–resurs markazi Yangibozor tuman E.Matkarimov ko’cha 10uy, Moslashtirilgan bino  
12 Qo’shko’pir tuman axborot–resurs markazi Qo’shko’pir tuman Beruniy ko’cha 4uy XTMFMTTE tuman bo’limi binosida 0(362) 32-97-303
 

 
 

Xorazm viloyatida mavjud kitob do’konlari faoliyati haqida ma’lumot

 

Urganch shahrida 3 ta kitob do’koni faoliyat ko’rsatmoqda

Shahardagi Partav ko’chasi 92-uyda joylashgan "Xorazm ma’rifati” xususiy korxonasiga qarashli "Ziyokor” kitob do’koni belgilangan kun tartibi asosida ishlamoqda. Do’konda 600 nomdagi 20 mingdan ortiq kitob mavjud. Kitoblar sohalar bo’yicha alohida ajratilgan javonlarga taxlangan. Do’kondagi mavjud kitoblar "Iqtisodiyot”, "Badiiy adabiyotlar”, ”Tibbiyot”, "Bukinist”, "Jahon adabiyotlari”, "Bolalar adabiyoti”, "O’quv-uslubiy adabiyotlar”, "Kollej adabiyotlari”, "Tilga oid adabiyotlar”, "Ajdodlarimiz merosi”, "She’riyat”, "Detskaya literatura”, "Russkaya literatura” kabi nomlanishlar ostida turkumlashtirilgan. Doimiy xaridorlar uchun 5 foizli imtiyoz bor. Bonuslar, tavsiya mazmunidagi flaerlar, kataloglar, tovarlar haqida ma’lumot beriluvchi slayd ko’rinishidagi reklamalar, kitob targ’ibotiga oid shiorlar, allomalar hikmatlari bitilgan bannerlar mavjud.

Kitob sotib olish xaridorlar istagan yo’l bilan amalga oshirilmoqda. Terminal ham ishlayapti. Mijozlar dam olishlari uchun kreslo, stol-stul taxt qilingan.

Urganch shahridagi ikkinchi kitob do’koni O’zbekiston ko’chasi 5-uyda joylashgan. Do’kon "Xorazm kitob” MChJ ga qarashli. Do’kon ikki qavatli binoning birinchi qavatidagi eshigi ko’chaga qaragan katta xonada joylashgan.500 dan ortiq nomdagi 15 mingdan ziyod kitoblar bor. Kitoblar sohalar bo’yicha alohida ajratilgan javonlarda joylashgan. Do’kondagi mavjud kitoblar "Iqtisodiyot”, "Badiiy adabiyotlar”, ”Tibbiyot”, "Jahon adabiyotlari”, "Bolalar adabiyoti”, "O’quv-uslubiy adabiyotlar”, "Zamondoshlar ijodidan” kabi nomlanishlar ostida turkumlashtirilgan. Kitob sotib olish xaridorlar istagan yo’l bilan amalga oshirilyapti. Kitoblar asosan "Sharq”, "O’zbekiston” NMIU, "Cho’lpon”, "O’qituvchi” nashriyotlaridan shartnoma asosida sotib olinyapti.

Shahardagi "Kitob durdonasi” kitob do’koni "O’zkitobsavdo” DAK ga qarashli. Ushbu kitob do’koni ham O’zbekiston ko’chasi 5-uyda joylashgan. Bino atrofi obodonlashtirilgan. Kitoblar sohalar bo’yicha alohida ajratilgan javonlarga qo’yilgan. Do’kondagi mavjud kitoblar "Badiiy adabiyotlar”, "Bolalar adabiyoti”, "O’quv-uslubiy adabiyotlar”, "She’riyat” kabi nomlanishlar ostida turkumlashtirilgan. Kitob sotib olish xaridorlar istagan yo’l bilan amalga oshirilyapti. Kitoblar asosan "Sharq”, "O’zbekiston” NMIU, "Cho’lpon”, "O’qituvchi” nashriyotlaridan shartnoma asosida sotib olinyapti.


Bog’ot tumanida 1 ta kitob do’koni ishlayapti.

"Qutlimurod” MChJ qarashli "Kitoblar dunyosi” do’koni tuman markazi "Navro’z ko’chasida 3- uyda joylashgan. 500 nomda 5 mingdan ortiq kitobi bor. Do’kon muntazam ishlayapti. Kitob sotib olish xaridorlar istagan yo’l bilan amalga oshirilmoqda. Kitoblar asosan "Sharq ziyokori” filiali, "Sharq”, "O’zbekiston” NMIU, "Cho’lpon”, "O’qituvchi” nashriyotlaridan shartnoma asosida sotib olinmoqda.

 


Gurlan tumanida 2 kitob do’koni faoliyat ko’rsatyapti.

Tuman markazida "Doniyorbek” xususiy firmasiga qarashli "Kitoblar” do’koni P.Mahmud ko’chasi 60 uyda faoliyat olib boryapti. Kitoblar asosan "Sharq” NMIU dan sotib olinadi. Hozirgi kunda bu erda 120 nomdagi 3000 dan ortiq kitob bor. Kitob sotib olish xaridorlar istagan yo’l bilan amalga oshirilmoqda.

Gurlandagi ikkinchi kitob do’koniga "Kitoblar dunyosi” nomi berilgan. Bu kitob do’koni ham ushbu ko’chada joylashgan. Kitob do’koni Gurlan savdo sho’’ba korxonasiga qarashli. Do’konda 220 nomda 3200 mingdan ortiq kitob mavjud. Kitoblar sohalar bo’yicha alohida ajratilgan javonlarda joylashgan. Do’kondagi mavjud kitoblar "Siyosat va siyosiy fanlarga oid adabiyotlar”, "Badiiy adabiyotlar”, "Bolalar adabiyoti”, "Darslik va qo’llanmalar”, "Din va diniy falsfaga oid adabiyotlar” kabi nomlanishlar ostida turkumlashtirilgan. Kitoblar asosan "Sharq”, "O’zbekiston” NMIU, "Cho’lpon”, "O’qituvchi” nashriyotlaridan sotib olinmoqda.


Urganch tumanida 1 ta kitob do’koni ishlayapti.

Kitob do’koni uchun tuman markazidagi Mustaqillik ko’chasi 14- uyning birinchi qavatidan 60 kvadrat metr xona ajratilgan. "Grifel” MChJ ga qarashli kitob do’konida 4000 ta kitob mavjud. Samarali faoliyat olib boryapti.


Hazorasp tumanida 3 ta kitob do’koni faoliyat ko’rsatyapti.

Tumanning «Primer net» xususiy korxonasiga qarashli kitob do’koni Navoiy ko’chasida joylashgan.

 

Pitnak shahridagi K.Otaniyozov ko’chasida joylashgan "Kitoblar do’koni” "Prometey” xususiy korxonasiga qarashli. Kitoblar asosan "Davr press”, "Yangi asr avlodi”, "Sharq”, "O’qituvchi” NMIU dan shartnoma asosida sotib olinyapti. Do’kon fondida 50 mingga yaqin kitob bor.

Xonqa tumanida 1ta kitob do’koni ishlayapti.

Xonqa tumani X.Do’stligi ko’chasida "Kitoblar” do’koni joylashgan. Kitob do’konida 80 nomda 1200 adabiyot mavjud.

Kitoblar asosan "Sharq”, "O’zbekiston” NMIU, "Cho’lpon”, "O’qituvchi” nashriyotlaridan shartnoma asosida sotib olinyapti.


Xiva tumanida 4 ta kitob do’koni ishlayapti

Xiva tumani "Ichon qala” muzey qo’riqxonasi "Polvon Qori” majmuasida "Sharq ziyokori” MChJ ning filiali "Sharq ziyokori” kitob do’koni faoliyat ko’rsatmoqda. Badiiy adabiyotlar 1000 xildan ortiq, tarixiy asarlar 200 dan, chet ellik sayyohlar uchun har xil tillarda 100 dan ortiq, albomlar va o’zbek adabiyotlari, bolalar adabiyotlari 700 xildan ortiq, o’quv qo’llanmalar 700 xildan ziyod, jami 200 mingga yaqin kitoblar bor. Baholash mezonlarida xarid qilingan kitoblarga qo’shib ularning elektron nusxasini ham berish belgilab berilgan. Mazkur do’konda xaridorlar talabiga ko’ra ayrim kitoblar uchun shunday xizmatlar joriy etilgan. Kitob do’konining Internetda veb sayti ishlanmoqda. Hozirda Sharq Ziyokori Rhiva (Facebook) ishlayapti. Doimiy xaridorlar uchun imtiyoz bor. Kitob targ’ibotiga oid shiorlar, allomalar hikmatlari bitilgan bannerlar mavjud. Kitob sotib olish xaridorlar istagan yo’l bilan amalga oshirilyapti. Kitoblar asosan "Sharq ziyokori” OAJ dan shartnoma asosida keltiriladi.

K.Devonov ko’chasidagi "Ma’rifat” xususiy tijorat kitob do’koni uzoq yillardan beri ishlayapti. 2000 dan ortiq kitob mahsulotlari bor.

Kitoblar sohalar bo’yicha alohida ajratilgan javonlarda joylashtirilgan. Do’kondagi mavjud kitoblar turkumlashtirilgan. Kitoblar asosan "Sharq” NMIUdan shartnoma asosida sotib olinyapti.

Tuman "Matbuot tarqatuvchi” sho’’ba korxonasiga qarashli "Xazina” kitob do’koni tuman markazidagi Beruniy ko’chasining 13- uyda joylashgan. Kitoblar asosan "Sharq ziyokori” dan shartnoma asosida sotib olinyapti. 1000 dan ortiq kitob mahsulotlari bor.

Xiva tumani N.Kubro ko’chasida joylashgan Yakka tadbirkor Tillaev Jasurbekka qarashli xususiy kitob do’koni 2013 yili ish boshlagan.


Yangiariq tumanida 1 ta kitob do’koni ishlayapti.

 

 

Mustaqillik ko’chasi 14- uyda "Muslimbek-Ulug’bek” MChJ ga qarashli binoning 1- qavatida kitob do’koni ishlab turibdi. 100 nomda 1000 dan ortiq kitob bor. Kitoblarni "Sharq ziyokori” MChJ dan sotib olmoqda.


Yangibozor tumanida 1 ta kitob do’koni mavjud

 

Yakka tadbirkor Oymonjon Karimovaga qarashli kitob do’koni tuman markazi Baxt ko’chasi 2- uyda joylashgan. Do’konda 30 nomda kitob bor.

 

Xorazm viloyati matbuot va axborot

boshqarmasi boshlig’i D.Z.Bekchanova