Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


 Viloyatdagi davlat muhofazasiga olingan tabiiy hududlar, ovlash mumkin bo‘lmagan hayvonlar hamda ov mavsumi, ov qilish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish interaktiv-axborot xizmati reglamenti (480 kb)

   

 

   Xorazm viloyatida jami muhofaza qilinadigan xududlar 35095,1 gektarni tashkil qiladi, Shundan, Qizilqum davlat qo’riqxonasi ikki viloyat hudidida joylashgan: shundan – 8844 ga Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida, 1467ga Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan. Umumiy er maydonining 7134 gektari Qizilqum cho’l zonasi va 3177 gektari Amudaryo o’zani qirg’og’idagi tug’ay zonasidan iborat. Yangibozor tumanida joylashgan Tabiat yodgorligi hududi470 ga ni tashkil qiladi. Viloyatning Amudaryo bo’yidagi va viloyat ichkarisidagi magistral kanal va kallektorlar atrofidagi jami muhofaza xududi 24294,1 gektardan iborat.

   Xorazm viloyatida ovlanadigan xayvonlar sifatida kuyidagilar ro’yxatga olingan; kuyon, tulki, shag’ol, bo’rsiq, qirg’ovul, g’oz, o’rdaklar, kaptarsimonlar, qashqaldoq, churrak, Viloyatda ov mavsumi sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr, yanvar, oylari belgilangan. 2016 yilda istisno tariqasida ov mavsumi 28 fevralgacha uzaytirilgan.

   O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasining 2006 yil 22 mart kunidagi 27 sonli buyrug’i bilan Tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash QOIDALARI” O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2006 yil 2 may kuni 1569 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

   O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va davlat bojini to’lagan, shuningdek hayvonlarni tutish uchun to’lov to’lagan chet ellik fuqarolar sport va havaskorlik maqsadida ov qilish huquqiga ega. Belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnoma, sport-havaskorlik va tayyorlash maqsadida ov qilish huquqini beradigan hujjat bo’lib hisoblanadi.

   Yovvoyi hayvonlarni tutishga ruxsat olgan ovchilar uning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomani, o’q otish qurolidan foydalangan holda esa, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ravishda berilgan qurolni saqlash va olib yurish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni ham o’zi bilan birga olib yurishi shart.

   Xorazm viloyati xududida yashovchi va viloyat xududidan uchib o’tuvchi kuyidagi xayvon, baliq va kushlarni ovlash qat’iyan ma’n qilinadi orol bakrasi, (bakra) amudaryo kichik va katta kurak burunlari, turkiston mo’ylovdori, orol mo’ylovdori, turkiston laqqachasi, orol sulaymon balig’i, amudaryo gul balig’i (forel), orol tikanagi (shipovka). Kushlardan saqaqush, qora buzov, kichik va sariq oqqo’ton, turkiston oq va qora laylagi, turnalarning xamma turi, marmar churrak, oqbosh o’rdak, oq peshonali kichik g’oz, suv qiyg’iri. Burgut va burgutsimonlarning barchasi. Lochin, to’xta tuvaloq (drofa), qorabosh baliqchi. Kaptarsimonlar qora kaptar. Hayvonlardan qorakuloq, buxoro xonguli va sayg’aqlar "Qizil kitob”ga kiritilganligi sababli ovlash ta’qiqlangan.