Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



INVESTITSIYA- IQTISODIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
23.03.2015

Sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turlarini ko‘paytirish borasidagi sa’y-harakatlar yurtimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Qolaversa, bunday yangilanishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilayotir. Xususan, o‘tgan yili Xorazm viloyatidagi qtisodiyot tarmoqlariga jami 1,2 trillion so‘m miqdorida investtsiya mablag‘lari jalb qilingan bo‘lsa, uning 7,4 foizi ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirildi. Ana shu sarmoyalar ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash, ilg‘or korxonalarni bunyod etishga xizmat qilmoqda.



O‘tgan yili Urganch tumanidagi Chakkasholikor qishlog‘ida faoliyat boshlagan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Khorezm Tech” O‘zbekiston — Koreya Respublikasi qo‘shma korxonasini ham yaratilayotgan imkoniyatlar mevasi, deyish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, trikotaj mahsulotlari tayyorlashga ixtisoslashtirilgan mazkur loyiha ro‘yobi uchun 800 ming AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi. Uning 200 ming dollardan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyadir. Fabrika yiliga 1,5 million juft paypoq hamda trikotaj mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega.
Yana shunisi ahamiyatliki, korxona mahsulotlarini tayyorlashda mahalliy xom ashyo — paxta kalava ipidan foydalanilayapti. Natijada ichki bozorni yuqori sifatli, arzon, iqlim va gigiena talablariga javob beradigan mahsulot bilan to‘ldirish imkoniyati yaratildi.
— Qisqa muddatda jamoamiz tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida 60 ming juft, 100 million so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi, — deydi korxona rahbari Ozod Obidov. — Istiqbolda yangi loyihalar — LED NDTV televizor va LED kompyuter monitorlari yig‘ishni o‘zlashtiramiz. Albatta, bu kabi yutuqlarga erishishimizda yurtimizda xorijlik sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit muhim omil bo‘lmoqda. Quvonarlisi, viloyatimizda ana shunday iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan korxonalar soni tobora ko‘payib borayapti.


Oybek RAHIMOV
“Xalq so‘zi” 20 mart, 2015 yil № 55 (6238)