Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



IQTISODIY SALOHIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH ZARUR
03.10.2016

IQTISODIY SALOHIYATDAN

SAMARALI FOYDALANISH ZARUR

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hududida boshlangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi, iqtisodiy salohiyat sezilarli darajada yuksaldi, aholi farovonligi ortdi. Bu yutuqlar mamlakatimizning shimoliy hududlarida ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 28 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoev mamlakatimizning shimoliy hududida joylashgan Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida bo‘lib, bu erda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 18 iyundagi «Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatdagi ikkita bug‘gaz qurilmalari qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doyr chora-tadbirlar to‘g‘isida»gi qaroriga muvofiq hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lam­li investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

Umumiy quvvati 730 MVt bo‘lgan 5 energiya blokidan iborat ushbu issiqlik elektr stantsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi.Issiqlik elektr stantsiya­sida yiliga 3,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va bunda 1,15 milliard kub metr tabiiy gaz yoqiladi.

Yangi investitsiya loyihasining amal­ga oshirilishi nafaqat katta hajmdagi qimmatbaho xom ashyoni tejash, balki talab tobora ortib borayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini ham beradi. Xususan, issiqlik elektr stantsiyasi quvvatini 230 — 280 MVtga oshirish hisobidan tabiiy gaz iste’molini 488 million kub metrga kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Bu boradagi ishlar nihoyasiga etkazilgach, Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasining umumiy quvvati 930 MVtga etadi, elektr energiya ishlab chiqarish hajmi esa 3,3 milliard kVt/ soatdan oshadi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoev Nukus shahrining bosh rejasi bilan tanishdi. Suhbat chog‘ida zamonaviy ko‘p qavatli turarjoy binolari, dam olish maskanlari, sun’iy ko‘llar va suv havzalari barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish ko‘lamini yanada kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida paxta dalalarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlarining borishi bilan tanishdi, Kegeyli tumani fermerlari bilan suhbatlashdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respub­likasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olinib, hurmat bajo keltirildi. Uchrashuvda mustaqillik yillarida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti rahnamoligida ushbu hududda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Orolbo‘yi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yuksak samaralar bermoqda.

Yig‘ilishda hududning eksport salohiyatini oshirish, qisqa muddatda paxta hosilini yig‘ishtirib olish va kuzgi ekinlarni ekish, ijtimoiy ob’ektlar hamda uy-joylarning kuz/qish mavsumiga tayyorligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Zamonaviy, shinam uy-joylar qurish, kommunal xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish masalalari muhokama etildi.

Shu kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatiga ham tashrif buyurdi.

Urganch shahrida yaqin yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uylar loyihasi ko‘rib chiqildi. Qishpoq joylarda kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi yaratilgan yakka tartibdagi zamonaviy, shinam uy-joylar loyihalari ham muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoev Qo‘shko‘pir tumanida qishloq xo‘jaligi ishlarining borishi bilan tanishdi. Fermerlar bilan suhbatda er unumdorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori hosil beradigan navlarini ekish masa­lalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan boshlandi. Yig‘ilishda viloyatni ijti­moiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududning eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, istiqbolli yangi sanoat ob’ektlarini barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini g‘amlash, uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarining kuz/qish mavsumiga tayyorligi, hududda sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Xalq so‘zi” gazetasi,

2016 yil 29 sentabr, №192(6627)