Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Ishbilarmonlar muloqoti
07.10.2008

Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlersning mamlakatimizga tashrifi doirasida 6 oktyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O’zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Latviya Sarmoyalar va rivojlanish agentligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga bag’ishlandi. Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, neft-gaz, aviasozlik, qurilish, mashinasozlik, qishloq va suv xo’jaligi, geologiya, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat, to’qimachilik, qog’oz sanoati, mebelsozlik, farmatsevtika, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, fan-ta’lim, sport va madaniyat, sayyohlik hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Forumda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlersning yurtimizga tashrifi davomidagi oliy darajadagi muloqotlar va mazkur forum mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

O’zbekiston va Latviya ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlardir. Xususan, O’zbekistonning tabiiy boyliklari, jo’g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, intellektual salohiyati, qulay sarmoyaviy muhiti, zamonaviy texnologiyalarni izchil o’zlashtirib borayotgani ko’plab mamlakatlarning yurtimiz bilan hamkorlikka qiziqishini tobora oshirmoqda.

O’zbekiston va Latviyaning o’zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari katta. O’zaro tovar ayirboshlash hajmi muntazam oshmoqda. 2007 yili ushbu ko’rsatkich 123,3 million AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, joriy yilning yetti oyida esa 187 million dollarga yetdi. O’zbekistonda Latviya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan o’n to’qqiz qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Ular mebelsozlik, to’qimachilik, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash sanoati, ulgurji savdo hamda xizmat ko’rsatish kabi sohalarga ixtisoslashgan. O’z navbatida, Latviyada o’zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan qirqqa yaqin qo’shma korxona ish yuritmoqda. Ular asosan mehmonxona, sug’urta va transport-ekspeditorlik biznesi bilan shug’ullanadi.

Forumda Latviya ishbilarmonlariga mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya jalb qilishning ustuvor yo’nalishlari, O’zbekistonning neft-gaz, konchilik, sayyohlik, avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi kabi sohalardagi salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mamlakatimizdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik yalpi ichki mahsulotning muntazam o’sishida muhim omil bo’layotgani va uning yuksalishi joriy yilning birinchi yarmida 9,3 foizni tashkil etgani ta’kidlandi. Mehmonlar yurtimizda davom etayotgan keng ko’lamli xususiylashtirish jarayoni, iqtisodiyotimizni rivojlantirish yo’lida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi o’zgarishlar bilan tanishdilar.

– Latviya O’zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi, – dedi Valdis Zatlers. – Mamlakatlarimiz o’rtasida uzoq yillar davomida o’zaro manfaatli munosabatlar qaror topgan, iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Biz O’zbekiston bozorini o’zimiz uchun istiqbolli deb bilamiz. Ishonchim komilki, bugungi muloqotlar ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biznes-forumda, uning seksiyalardagi majlislarida ikki mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni, jumladan, transport va logistika, bank sektori, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, sayyohlik, oziq-ovqat, yengil va mebelsozlik sanoati sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirishga, Latviya firma va kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etishga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. O’zbekiston va Latviya ishbilarmonlari o’rtasidagi hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish va mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

– O’zbekiston bilan Latviyaning ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud, – dedi Latviya Sarmoyalar va rivojlanish agentligi direktori Andris Ozols. – Ikki tomonlama foyda keltiruvchi bu jarayon mamlakatlarimiz ishbilarmonlarining to’g‘ridan-to’g‘ri amaliy muloqotlarni kengaytirishdan manfaatdorligiga asoslanadi. Tarixan Latviya ham, O’zbekiston ham xalqaro savdo yo’llari chorrahasida joylashgan va bu omildan bugungi kunda ham savdoni rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin. O’zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit bu jarayonni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Anjumanda Latviyaning qator yirik kompaniyalaridan ikki yuzga yaqin vakil ishtirok etganining o’ziyoq ushbu mamlakatning O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi nechog’li katta ekanidan dalolatdir.

Latviyaning «Shlokenbeka» MChJ direktori Maris Paidersning fikricha, O’zbekiston ulkan xomashyo zaxirasiga ega bo’lib, bugungi kunda undan jahon standartlari darajasidagi turli qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Bu materiallarga Latviyada ehtiyoj katta. Biznesmen ta’kidlaganidek, ushbu forum mahsulotni to’g‘ridan-to’g‘ri yetkazib berishni yo’lga qo’yish imkonini beradi. Bu haqda dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

Xususan, “Trasta Komercbanka” (bank-moliya), “Shlokenbeka”, “Stoller” (qurilish), “Les Trans”, “ATN” (mebelsozlik), “Xolter”, “Stats Invest” (sarmoya), “Komerccentrs Dati Grupa” (axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar), “Vae Riga” (transport, logistika), “Liyepayas Metalurgs” (metallni qayta ishlash), “Nemo Real” (sayyohlik), “Arsanda” (qog’oz mahsulotlari va qadoqlash), “Ingral” (oziq-ovqat sanoati), “Geo Consultants” (atrof-muhit muhofazasi) kabi kompaniyalar vakillari O’zbekiston bozoridagi o’z faoliyatini yo’lga qo’yish va kengaytirish niyatida ekanligini qayd etdi.

Biznes-forum doirasida O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan Latviya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o’rtasida hamkorlik to’g‘risidagi shartnoma, “O’zinfoinvest” axborot ta’minoti va xorijiy sarmoyalarga yordam ko’rsatish agentligi bilan Latviya Sarmoyalar va rivojlanish agentligi o’rtasida o’zaro anglashuv va hamkorlik to’g‘risidagi memorandum, shuningdek, qog’oz mahsulotlari, qurilish materiallari, go’sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga oid qator o’zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Biznes-forum yakunida O’zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Latviya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja o’tkazildi. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan bir qator tovarlarni eksport qilish bo’yicha shartnomalar tuzildi. Shu kuni latviyalik biznesmenlar O’zbekistonning ayrim korxonalari faoliyati bilan tanishdilar.