Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ISTE’DODGA RAG‘BAT
23.03.2015

Mamlakatimizda yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur imkoniyatlarning yaratilishi o‘z samarasini bermoqda.
Jumladan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman, shahar, viloyat bosqichlarida vohamiz qizlari faol qatnashmoqdalar. O‘tgan yilning o‘zida 50 dan ziyod qizlar tanlovning adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim bo‘yicha viloyat bosqichida qatnashib, o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ularning serqirra ijodi, intilishi va izlanishlari qalblarga quvonch bag‘ishlaydi.
Bahorning dastlabki kunlaridagi Gurlan tumanidagi 5-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Shirin Rahimova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lganligini haqida xushxabar olingan edi.
 Shirin Gurdan tumanidagi 5 – umumta’lim o‘rta maktabida a’lo baholarga o‘qimoqda. Uning sportning karate turi bo‘yicha erishayotgan yutuqlari salmoqlidir.  U qatnashgan musoboqalarida jami 34 ta medal qo‘lga kiritgan. Ularning 11 tasi oltin, 8 tasi kumush va 15 tasi bronzadir. Faqat Jahon chempionatlarida 3 ta oltin, 6 ta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritgan.
Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi P.Bobojonov Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Shirin Rahimovani yuksak mukofot bilan qizg‘in qutladi va unga eng qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Hozir Shirin Rahimova ayni paytda viloyatimizda o‘tkaziladigan “Umid nihollari” respublika sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati