Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ISTE’DODIM, IJODIM - ONA VATANGA!
08.07.2015

Viloyat ma’naviyat va ma’rifat Markazida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yosh ijodkorlarining navbatdagi “Iste’dod maktabi” mintaqaviy seminari “Iste’dodim, ijodim bag‘ringda gullar, Vatan!” shiori ostida o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahridan tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan yosh ijodkorlar, ustoz adib va shoirlar tantanali kutib olindi.
Markaz foyesida tashkil etilgan kitob savdosi, Xorazm adabiy muhiti yangiliklari, voha qalamkashlari va ijodkor yoshlarining kitoblari ko‘rgazmasi bilan tanishuv yoshlarga zavqu shavq bag‘ishladi.
Anjumanni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari SH.Xo‘janiyozova ochib, seminarning maqsadi va mohiyati haqida, mamlakatimizda yoshlar kamoli yo‘lida, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish borasida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar xususida gapirdi.


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Sayyid, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘aston xalq shoiri Kengesboy Karimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavxar Ibodullayevalar istiqlol sharofati bilan yurtimizda adabiyotga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, xususan, yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarish borasidagi ulug‘vor ishlarni minnatdorchilik bilan tilga oldilar.
Seminarning “Nasr” , “Nazm” , “Badiiy publitsistika”, “Badiiy tarjima”, “Bolalar adabiyoti”, “Tanqid va adabiyotshunoslik” sho‘balarida kechgan qizg‘in muloqot va muxokamalar yoshlar uchun bir umrga tatigulik ijodiy mahorat saboqlari bo‘ldi. Anjuman qatnashchilarining “Ilxomim, ijodim sengadir, Vatan!” mavzusidagi mushoira davrasida Vatan madxi, mustaqillik baxsh etgan bebaxo imkoniyatlar saodati, yurtga sadoqat. insoniylik kabi olijanob tuyg‘ular tarannum etildi.
- Xorazmlik hamda qoraqalpog‘istonlik yoshlarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdik,  -dedi O‘zbekistan xalq shoiri S.Sayyid. - Mazkur jarayonda shunga amin bo‘ldikki, bugungi yoshlar juda qobiliyatli, fikrlari ravon, bilimli va yuksak iste’dod egalari bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Vatan xissi va qadri xaqida to‘laqonli tushunchaga ega yoshlarning yuraklaridan to‘kilgan injularni o‘qib zavq oldik. Ular kelgusida mamlakatimizni dunyoga tanitmoq umidida yanada tirishqoqlik bilan, yanada ishonch bilan harakat qiladilar. O‘zlarining ijodlarida mustaqil Vatanning mehnatkash, halol, rizqi butun yurtdoshlarini tarannum etadilar. Azim O‘zbekistonning o‘ziga xos go‘zalligi va jozibasini, qisqa davrda asrlarga tatigulik bunyodkorliklar qilinganligini e’tirof qiladilar...
Seminar qatnashchisi - UrDU talabasi Zebo Sobirova, UrDU qoshidagi 2- son akademik litsey o‘quvchisi Akbar Otaboyev, qoraqalpog‘istonlik Jamila Yangiboyeva, Yulduz Yusupova kabi iqtidor egalarining ijod namunalari yorqinligi, tashbexlarga boyligi, tuyg‘ularning yaxshi ifodalanishi, muhabbat iztiroblarining yangicha tarzda e’tirof qilinishi bilan ajralib turishi aytildi.
Urganch shahridagi “Istiqlol” madaniyat va aholi dam olish markazi kontsertlar zalida seminar ishtirokchilarini taqdirlash marosimida so‘z olgan viloyat xokimligining Axborot xizmati raxbari Shuhrat Matkarimov seminarning yoshlik va nafosat, ijod va kamolot bayramiga aylanganligini ta’kidladi. 
Qo‘sh sohil yoshlariga seminar sertifiqatlari va sovg‘alar tuhfa etildi.
Viloyat ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan voha yoshlarining ijodini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan Matnazar Abdulxakim nomidagi “Mangulik jamoli” an’anaviy tanlovi g‘oliblarining taqdirlanishi, qalbida adabiyotga ixlosi baland yoshlarni o‘z qanotiga olib, ularga ijod sirlarini beminnat o‘rgatib kelayotgan ustozlar 10 nafarga yaqin to‘garak rahbarlariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limining “Extirom yorlig‘i” taqdim etilgani tadbir mazmuni va fayzini oshirdi. Viloyat san’at ustalari va ijrochi yoshlarining kontsert dasturi dillarga o‘zgacha shukuh va tarovat baxsh etdi.
 - Urganch Davlat universitetida o‘tkazilgan “Bu bo'ston saxnida gul ko‘p, chaman ko‘p” deb nomlangan ijodiy uchrashuvda seminar ishtirokchilari va sevimli shoirlarimiz - Rustam Musurmon, Farog‘at Xudoyqulova, Oshiq Erkin, Komil Avaz, Bibisora Otayeva, Sotim Avaz, Otabek Ismoilov, Ismoil Ollaberganovlar tomonidan o‘qilgan she’rlar yoshlarni chinakam So‘z, She’r va Shoir diydoriga musharraf etdi. “Urganch – Xiva” yo‘nalishida trolleybusda qadim moziy - Xivaga safar seminarning xayajonli, unutilmas laxzalaridan bo‘lib, yoshlar qalbiga mangu muhrlandi, - dedi G.Ibodullayeva.
Qo‘sh sohil yoshlarining anjumani Xaqiqiy adabiyot va ma’naviyat bayramiga aylandi.

Feruza TANGRIBERGANOVA.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 8 iyul №54 (19192)