Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Istiqlol tuhfa etgan imkoniyatlar Bog‘ot tumani misolida
02.07.2016

Ayni kunlarda eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida viloyatimizning barcha tumanlarida turli sohalarda qizg‘in tayyorganlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, istiqlol yillarida Bog‘ot tumanida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, sanoat ishlab chiqarish, xususiy tadbikorlik va kichik biznes sohalarida keng qamrovli vazifalar o‘z echimini topmoqda.

Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2016 yilning o‘tgan davrida tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 
14,2 foizga, iste’moli mollari 12,3 foizga, pudrat ishlari 
13,9 foizga, chakana savdo aylanmasi 10,7 foizga, pullik xizmatlar 12,5 foizga o‘sganligi aholi turmush farovonligini kun sayin yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. Shuningdek, keyingi 3 yilda Bog‘ot tumanida204 ming kvadrat metr uy-joylar (shundan 27 ming kvadrat metr namunali loyihalar asosida uy-joy) barpo etildi, tuman markazida 14-son musiqa va san’at maktabi yangidan qurildi, tuman tibbiyot birlashmasi, 1, 30 va 45-son umumta’lim maktablari rekonstruktsiya qilindi, 6876 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 6 ta umumta’lim maktablari hamda qishloq xo‘jaligi, kompyuter texnologiyasi va maishiy xizmat, iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlari kapital ta’mirlandi.

2016 yil yanvar-may oylarida "Bog‘ot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga asosan 4,1 mlrd. so‘mlik 
46 ta loyiha amalga oshirildi.

Bandlik dasturiga asosan 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tumanda maqbullashtirish natijalariga ko‘ra bugungi kunda 
931 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatib, ularga o‘rtacha 
22,6 gektardan jami 21 ming gektar er maydonlari biriktirib berilgan.

Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklaridan 
163 tasi o‘tgan yili ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirilgan bo‘lsa, joriy yilda 180 ta fermer xo‘jaliklari ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirilishi bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tumanda joriy yil hosilidan 232 tonna pilla topshirish rejasi 236 tonnaga yoki 101,7 foizga bajarildi. Boqilgan 
4028 quti ipak qurtidan o‘rtacha 58,6 kg.dan hosil olindi.

2016 yil hosilidan Davlatga 9454 tonna shundan 8619 tonna tovar va 835 tonna urug‘lik don topshirilib, belgilangan shartnoma rejasi 123 foizga bajarildi.

Tumanda o‘tgan yillar mobaynida jami 8,7 mlrd. so‘m mablag‘larning o‘zlashtirilishi hisobiga 1340 km uzunlikda kollektorlarda meliorativ tadbirlar o‘tkazilib, 25,6 gektar er maydonlarining meliorativ holati yaxshilandi.

Shuningdek, tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan "Baxt harakat mevasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 1500 tonnalik va "Bog‘ot paxta tozalash zavodi” AJ 200 tonnalik zamonaviy sovutkichli omborxona va kameralar qurildi.

Tumanda hali echimini kutayotgan muammolar borligini, ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligini, ularni hal etishga etarli darajada e’tibor berilmayotganini hamda mavjud imkoniyatlardan etarli foydalanimayotganligini hisobga olgan holda joriy yilda respublika Ishchi guruhi tomonidan "Bog‘ot tumanini
2016-2018 yillarda kompleks rivojlantirish” Dasturi ishlab chiqildi.

2016-2018 yillarda Dasturga asosan 5 ta yo‘nalish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va infratuzilma sohalarida) bo‘yicha jami 225,6 mlrd.so‘m investitsiya mablag‘lari kiritish hisobiga 702 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 1ming 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Xususan:

-sanoat sohasida 63,4 mlrd.so‘mlik 58 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 556 ta yangi ish o‘rinlari;

("Bog‘ot zamin qurilish" va "Turzoda Botirbek" korxonalarida elektrotexnika mahsulotlari, tadbirkor Xudayberganova Roxat tomonidan tayyor dori vositalari (tibbiyot spirti) ishlab chiqarish tashkil etiladi)

-qishloq xo‘jaligida 44,7 mlrd.so‘m investitsiyalar kiritish hisobiga 223 ta loyiha amalga oshirilib, 527 ta yangi ish o‘rinlari;

("Bog‘ot meva sharbat" korxonasida sovutish ombori tashkil etiladi, "Baxt harakat mevasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa 
2,2 mlrd. so‘m investitsiya mablag‘lari kiritish hisobiga zamonaviy issiqxona quriladi)

-xizmat ko‘rsatish va servis sohasidaesa 26,3 mlrd.so‘m investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirish hisobiga 136 ta loyiha amalga oshirilib, 410 ta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

("Bog‘ot mebel savdo” korxonasi tomonidan yirik savdo shoxobchasi, "Bog‘ot konstrakshn” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa Maishiy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil qilinadi).

Shu bilan birga tumanda irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash maqsadida 7 ta ob’ektga 12,1 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflanadi.

("Ozerniy" magistral kollektorining "I.Do‘sov”, "Mirishkor” va "O‘zbekiston” hududlaridan o‘tuvchi 3 kilometr 800 metr qismi rekonstruktsiya qilinadi, "Tozabozor" xo‘jaliklararo kollektorlar tizimining "Nayman” va "Madaniyat” qishloqlaridan o‘tuvchi 136 kilometr kollektor va ichki zovurlarda ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi)

Tumanning yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yaxshilash bo‘yicha 
61,7 mlrd. so‘m investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirish hisobiga 
248 ta ob’ektda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

("Qorayontoq” qishloq fuqarolar yig‘ini Bo‘kaylar mahallasida ichimlik suv nasos stantsiyasi hamda 6 km ichimlik suv tarmog‘i quriladi, "Nayman" qishlog‘i "Miroblar" mahallasida D-100 mm bo‘lgan o‘rta bosimli 2 km gaz quvuri rekonstruktsiya qilinadi)

Shuningdek,tumanning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan 34 ta ob’ektda 17,4 mlrd.so‘mlik rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi.

(16-son musiqa va san’at maktabi rekonstruktsiya qilinadi, 4 ta umumta’lim maktablariga yangi sport zallar quriladi, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli I.Do‘sov, Qorayontoq va Nayman qishloq vrachlik punktlari joriy ta’mirlanadi)

Dastur doirasida 22,8 mlrd. so‘m investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirish hisobiga jami 136,5 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari mukammal va joriy ta’mirlanadi. Jumladan, 18 km davlat va 26 km mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari mukammal, 9 km davlat va69 km mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari, 2,2 km tuman markazining ichki yo‘llari,
4,1 km shahar tipidagi ichki posyolka yo‘llari va 8,2 km xo‘jaliklararo va qishloq aholi punkti ichki yo‘llari joriy ta’mirlanadi.

(tuman markazidan Yangiariq chegarasigacha 13 kilometr, Qulanqorabog‘ qishlog‘i "O‘zgarish” mahallasidan "Mechitbo‘yi” mahallasigacha 5 kilometr, Madaniyat qishlog‘idan Beshariq "Oshqavat” mahallasigacha 5 kilometr yo‘llar to‘la ta’mirlanadi, 2015 yilda faqat joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan, xolos )

Dasturning moliyalashtirish manbaalarini yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, kelgusi uch yilda Bog‘ot tumani iqtisodiyotiga faqatgina dasturni amalga oshirish uchun:

18,2 mlrd. so‘m Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari;

8,1 mlrd. so‘m Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonsturktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari:

13,2 mlrd.so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari;

8,0 mlrd.so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari;

5,6 mlrd. so‘m Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

12,1 mlrd. so‘m Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari;

96,5 mlrd. so‘m tijorat banklarining kredit mablag‘lari;

74,7 mlrd. so‘m korxonalarning o‘z mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan sarflanadi.

Eng quvonarlisi shuki, Dasturni amalga oshirish natijasida Bog‘ot tumanining viloyat mahalliy byudjetidan oladigan subventsiya miqdorini 2015 yildagi 49,0 foizdan (33,9 mlrd. so‘m) 2018 yilga kelib 18,0 foizgacha (16,3 mlrd. so‘m) kamaytirishga erishiladi.

Shuningdek, tumanda 2018 yilga kelib 2015 yilga nisbatan sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 1,6 barobarga
(183,7 mlrd. so‘m), aholiga ko‘rsatiladigan jami xizmatlar hajmi esa 1,5 barobarga(270,5 mlrd.so‘m)hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobarga(289,1 mlrd. so‘m) o‘sadi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 686 ming so‘mdan 1 mln. 143 ming so‘mgacha, xizmat ko‘rsatish hajmi esa 1 mln. 176 ming so‘mdan 1 mln. 684 ming so‘mgacha ko‘payishi ko‘zda tutilgan.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, bugungi kunda viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda o‘sish darajasini ko‘tarishda bevosita tumanlarda amalga oshirilayotgan vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, sohalar rivojida mavjud shart-sharoitlardan unumli foydalanish, hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida yanada faollik ko‘rsatishimiz lozim.

Masharip Bakiev,

Xorazm viloyati hokimligi

Axborot-tahlil xizmati rahbari