Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ISTIQLOLIMIZNING 25 YILLIGIGA PUXTA TARADDUD
01.06.2016

Shu kunlarda yurtimizda eng ulug‘, eng aziz bayramni munosib kutib olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimi P.Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini yuqori saviyada, munosib tarzda nishonlanishini, shu yuzadan belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida qaror qabul qildi.

Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 10 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari to‘g‘risida”gi 46-sonli bayoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy va muhim tadbirlar va ularning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan viloyat Ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Tadbirlarda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishini taominlash viloyat hokimligi, viloyat boshqarmalari, tashkilotlari, korxonalari, muassasalari hamda Urganch shahar va tumanlar hokimliklarining eng muhim vazifasi ekanligi qayd etildi.

Viloyat Ishchi guruhi zimmasiga tasdiqlangan tadbirlar bajarilishini nazorat qilish va viloyat Ishchi guruhining yig‘ilishlarida mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish, shu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har o‘n kunda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlarni taqdim etib borish vazifalari yuklatildi.

Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, "Xorazm” teleradiokompaniyasi hamda viloyat hokimligining "Komppyuterlashtirish markazi” DUKga markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalari muxbirlari bilan birgalikda tasdiqlangan tadbirlar doirasida OAV va internet saytlarida yoritiladigan materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qilish tavsiya etildi.


"Xorazm haqiqati” 2016 yil 28 may № 43 (19285)