IXTISOSLASHTIRILGAN XO‘JALIK HISOBIDAGI TUZILMA TUGATILADI
02.07.2015
Viloyat hokimi P.Bobojonov Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan

Xorazm viloyati xokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani tugatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati” to‘g‘risidagi qonunning 6, 25-moddalariga asosan Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2007 yil 27 apreldagi PK-630-son Qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan viloyat hokimligining 2003 yil 9 martdagi 25-son qarori bilan tashkil qilingan Xorazm viloyati xokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik xisobidagi tuzilmasi tugatiladi.

Viloyat hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani tugatish munosabati bilan tugatish komissiyasi tuzildi.
Tugatish komissiyasiga belgilangan tartibda tuzilmaning mol-mulkini, kreditor va debitor qarzlarini aniqlash, tuzilma to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish va tugatish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda olib borish yuklatildi.
Viloyat xokimining 2003 yil 5 martdagi 35-son qarori o‘z kuchini yo‘qotganligi qarorda qayd etilgan.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 1 iyul №52 (19190)