Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



IZLANISH VA IZCHIL FAOLIYAT
08.05.2014

Keyingi yillarda Xorazm viloyati iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.  Bunda,  ayniqsa,  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining hissasi katta ekanligi kuvonarlidir.  Binobarin,  yalpi xududiy mahsulotning 73, 8 foizi,  ish bilan band aholining qariyb 80 foizi ayni paytda xududda faoliyat ko‘rsatayotgan 10 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari ulushiga to‘g‘ri kelayapti.
Albatta,  bunday ijobiy natijaga erishishda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun kulay shart-sharoit yaratilib,  ularga ajratilayotgan kreditlar salmog‘i tobora ortib borayotgani muhim omil bo‘lmoqda.  O‘tgan yili tijorat banklarining 279, 5 milliard so‘mlik mablag‘i mazkur soha rivoji uchun yo‘naltirilgani fikrimiz tasdig‘idir.
Urganch tumanidagi “Afri” xususiy korxonasi ham mavjud imkoniyatdan oqilona foydalanib,  samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlaridan biri xisoblanadi.  Yaxna ichimliklar,  gazlangan va gazlanmagan toza ichimlik suvlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ushbu korxonada 2012 yilda 2 milliard 803 million so‘mlikdan ortiq 10 turdagi mahsulot tayyorlangan bo‘lsa,  o‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich 4 milliard 356 million so‘mlikdan oshdi.  Shu bilan birga,  korxona jamoasi Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 400 ga yaqin savdo korxonalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.  Yana bir e’tiborli jihati shundaki,  korxonada mahsulotlarni iste’molchilarga bepul etkazib berish xizmatining yo‘lga qo‘yilgani ham mijozlar safini kengaytirishda muhim omil bo‘layapti.  Aytaylik,  shu kunlarda jamoaning bu xizmatidan 4 ming 129 ta xonadon hamda tashkilotlar foydalanmoqda.
Aytish kerakki,  korxona jamoasi bunday muvaffaqiyatga tinimsiz izlanish,  tashabbus ko‘rsatib mehnat qilish orqali erishayapti.  Bundan uch  yil avval zamonaviy texnologik liniya o‘rnatilishi 120 ming dona plastmassa idishlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratdi.
Bundan tashqari,  shu kunlarda jamoa o‘z mahsulotlarini xaridorlarga etkazib berishning yangi usulini tadbiq qilayotir.  Gap shundaki,  shahar va tumanlarda korxona mahsulotlarini sotish,  tarqatish ofislari qurilib,  tayyor mahsulotlarni sifatli saqlash uchun maxsus omborxonalar bunyod qilindi.  Korxona rahbari Ilhom Ollaberganovning aytishicha,  hali bu hammasi emas.  Ular yaqin vaqt ichida plastmassa idishlar uchun qopqoqlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish harakatida.  Shu maqsadda xorijdan 120 ming AQSh dollarilik zamonaviy uskunalar keltirildi.
Bundan ko‘rinadiki,  kelgusida korxona faoliyati yanada rivojlanib,  qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.  Ularning bu tashabbusi viloyat,  qolaversa,  respublikamiz iqtisodiyoti ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi,  albatta.

Oybek RAHIMOV,  «Xalq so‘zi» 30 aprel,  2014 yil № 83 (6013)