Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



IZLANUVCHANLIK, TASHABBUSKORLIK - FAOLIYAT MEZONI
30.06.2014

Viloyatimizda 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni, kasb bayramiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rildi.
Bayram arafasida tahririyat xodimlarining mushtariylar, o‘z muxlislari bilan uchrashuvlari tashkil etildi. Bunday tadbirlar kelgusida jurnalistlarning yanada o‘qishli, ta’sirchan maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning turli jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kasb egalari, yoshlar, mehnat faxriylarining fikr, mulohazalari, takliflarini eshitish jurnalistni yanada yangi kuch-g‘ayrat bilan ijod qilishga yo‘naltiradi. Ana shunday uchrashuvlar, davra suhbatlari, dildan muloqotlar barchada chuqur taassurot qoldirdi.


Kecha, 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuniga bag‘ishlab “Xorazm palas” majmuasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylar, ustoz jurnalistlar, ommaviy axborot vositalarining ijodiy va texnik xodimlari, matbaachilar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi P.Bobojonov tadbir ishtirokchilarini, barcha ijodkorlarni kasb bayrami bilan qutladi. Istiqlol yillarida yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni, bunyodkorliklarni, zamondoshlarimizning fidoyiliklarini yoritishda ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar faol qatnashmoqdalar. Bugungi kunda barcha tahririyatlarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, zamonaviy kompyuter, texnika vositalari bilan jihozlandi. Chop qilinayotgan materiallarning, efirga berilayotgan ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning mavzular ko‘lami yanada kengaydi. Soha ravnaqi yo‘lida katta imkoniyatlar yaratildi. Jurnalistlar o‘z iqtidorlarini viloyat, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlar orqali yanada namoyon qilayotirlar.
Tadbirda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining bir guruhi va faxriylarga viloyat hokimining Faxriy yorliqlari va sovg‘alari topshirildi.
San’at ustalari va yoshlar ishtirokida bayram musiqali dasturi namoyish etildi.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 28 iyun № 51(19085)