Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



JURNALISTLAR MEBELSOZLAR HUZURIDA...
01.07.2014

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bunyodkorliklar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Ko‘p sonli qalam ahli, shu jumladan “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari ijodiy hodimlari ham shu kun talablari asosida faoliyat ko‘rsatishga astoydil intilib, samarali natijalarga erishmoqdalar. Jurnalistlar doimiy ravishda mehnat qizg‘in davom etayotgan korxonalarda, turli kasb egalari xuzurida bo‘lmoqdalar.
Taxririyat xodimlari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Urganch shahridagi “Megasfera” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi mexnat jamoasi, mebelsozlar bilan dildan suhbatlashdilar. O‘zlarining ish faoliyatlari, rejalaridan  gapirib berishdi. Shuningdek, ijodkorlar tsexlardagi qizg‘in ish jarayonini kuzatdilar. Jurnalistlar qo‘shma korxona jamoasining, mebellar ishlab chiqarish   jarayonlari bilan tanishdilar. Bu erda sifatli va zamonaviy talablarga javob beradigan mebel jihozlari ishlab chiqarish uchun Italiyaning “Gridjo”, “Paolo Bajo”, “Orma” hamda Germaniyaning “Xomag” kompaniyalarining yog‘ochga ishlov berishga mo‘ljallangan eng zamonaviy dastgohlari o‘rnatilgan.
... Keng va yorug‘ sexda ish qizg‘in. Dastgohlar betinim guvillaydi. Kompyuter murvatini burasangiz bas: yog‘ochga naqsh berishmi, uni o‘yish, teshish, kesishmi, xullas dastgoh har qanday jarayonni bir pasda aniq va puxta bajaradi.


E’tiborimizni kompyuter vositasida dastgohni boshqarib yog‘ochga naqsh o‘yayotgan yigit jalb etdi. Bilsak, bu yigit Gurlan tumanida kollejni endigina tugallab kelgan yosh ishchi Komiljon Madrahimov ekan. Uning ta’kidlashicha, Germaniyaning “Xomag” kompaniyasidan keltirilgan dastgoh kompyuter vositasida yog‘ochga xohlagan naqshni o‘yib yasaydi, ayni vaqtda, ishchi hayoti uchun xavfsiz. Ya’niki, ishchi bilib-bilmay ishlayotgan dastgohga qoidaga xilof ravishda yaqinlashsa, u avtomatik ravishda to‘xtab qoladi.
Yonginadagi ikkinchi dastgohda esa usta yigit Aminboy Xalillaev shogirdi Ne’matjon Sobirov bilan stol, stul, mebellar uchun taxta-yog‘ochlarni turli o‘lchamlarda kesib taxlashardi. Kesish agregatining quvvat-aylanish kuchi shu qadar katta ediki, u har qanday o‘lchamdagi yog‘och-taxta, paralon mahsulotini hech qanday to‘siqsiz, ovozsiz osongina kesib tashlardi.
Undan keyingi dastgohda bir guruh yigitlar mebellar qismlarini yig‘ish, ulash, elimlash jarayonlarini uddaburolik bilan bajarishardi.
Tayyorlov jarayonining keyingi bosqichida usta yigit Alisher Boymatov Italiyaning “Orma” kompaniyasining vakuumli zichlash agregatida mahsulotga xohlagan rangdagi plyonkalarni yopishtirib mahkamlash ishlarini tez va puxta uddalar, tayyor bo‘lgan mebellar korxonaning joylardagi savdo shohobchalariga peshma-pesh jo‘natilardi.
- Shular bilan birga mebellarni iste’molchilar buyurtmalariga muvofiq ularning xonalariga moslab yasab, o‘rnatib ham beryapmiz. Viloyatimiz hududida maxsus loyiha asosida qurilayotgan  namunaviy  uy-joylar egalari ham korxonamiz mebellari bilan xonadonlarini jihozlashni afzal bilishmoqda. Shu tufayli so‘nggi uch yil davomida korxonamizda ishchi o‘rinlari sonining 42 nafarga etishi, mebellar ishlab chiqarishning 40 foizgacha o‘sishi ta’minlandi. Ofis, oshxona, mehmonxona mebellari kabi 40 dan ortiq turdagi sifat sertifikatiga ega bo‘lgan jixozlar ishlab chikarilmoqda. Erishilayotgan ana shunday yutuqlari tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yilning 4 apreldagi Farmoniga muvofiq korxonamiz soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, shuningdek ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o‘sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatiga kiritildi, - deydi qo‘shma korxona bosh direktori o‘rinbosari Umidbek Nurmatov.
Shu tariqa korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishuv ijodkorlarning ishchilar bilan qizg‘in muloqotiga aylanib ketdi. Qo‘shma korxona bosh direktori M.Vaisov jurnalistlarga korxonada amalga oshirilayotgan ibratli ishlar, “Xorazm hakiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari bosh muharriri vazifasini bajaruvchi S.Rahimberganova esa ijodiy jamoaning viloyatimiz serqirra hayotini, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini yoritish borasidagi faoliyati haqida gapirib berdilar.
O‘zaro muloqotlar jarayonida ishchilar, jurnalistlar orzu niyatlari, ish rejalarini o‘rtoqlashar ekanlar, O‘zbekiston deya atalmish hur diyorimiz kuch-qudratini yanada oshirish borasida kuch-mehnatlarini ayamasliklarini, yanada izlanib ijodiy ishlashlarini izhor etdilar.
Ezgu niyatlar, xayrli boshlamalarning yorqin samaralar berishiga shak-shubha yo‘q.
Ollabergan RAJABOV.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 25 iyun № 50 (19084)