Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KICHIK BIZNES SALOHIYATI
11.05.2016

 Iqtisodiyotimiz rivojida muhim omil bo‘lmoqda
Xususan, Xorazm viloyatida joriy yilning birinchi choragida ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli 351 yangi tadbirkorlik sub’ekti faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 61 foizdan oshdi. Bunda, shuningdek, tijorat banklari tomonidan 140 milli¬ard 405 million so‘mlik yoki o‘tgan yil¬ning shu davridagiga nisbatan 1,3 barobar ko‘p kredit yo‘naltirilgani alohida ahamiyat kasb etdi.
Bunday e’tibor samarasini Urganch tumanidagi "Yo‘ldosh tanobchi” xususiy korxonasi misolida ham ko‘rish mumkin, Gap shundaki, 2005 yilning iyul oyida ikki nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan mazkur korxona jamoasi soni endilikda 25 nafarga etgan bo‘lsa, ular tomonidan boshqarilayotgan zamonaviy dastgohlarda 3 millimetrdan 19 millimetrgacha qalinlikdagi oynalarga ishlov berilayapti. Bundan tashqari, bu erda uy va ofislar uchun rangli oynalar, plastik hamda alyuminiy romlar uchun deklopaket oynalar, akvariumlar va keng turdagi xo‘jalik, uy-ro‘zgor buyumlari tayyorlanmoqda.
Korxona mahsulotlari arzon hamda sifatliligi bois iste’molchilarga manzur bo‘layotir. Bu, albatta, xorijning energiya tejovchi zamonaviy uskunalaridan foydalanilayotgani sharofatidir. Masalan, tsexlarga 2015 yilda 700 ming AQSh dollari miqdoridagi bank krediti va korxona mablag‘i evaziga Italiya hamda Xitoydan oynaga turlicha ishlov beruvchi uskunalar olib kelib o‘rnatilgach, 60 ming kvadrat metr xajmdagi 24 turdan ortiq mahsulotlar ichki bozorda sotildi.
Jamoa ahli joriy yilda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirishni rejalashtirgan. Buning uchun imkoniyat va shart-sharoit etarli. Aytaylik, yuk avtomobillari parki mavjudligi mahsulotlarni mijozlarga o‘z vaqtida etkazib berishda qo‘l kelmoqda.
- Oynalarimizning bozori chaqqon, - deydi korxona rahbari Umarbek Bobojonov. - Chunki ularni eng ilg‘or texnologiyalar aso¬sida tayyorlayapmiz. Mijozlarimiz nafaqat Xorazm, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda ham bor. Aniqrog‘i, respublikamiz bo‘yicha 200 dan ziyod korxonalar bilan hamkorlik qilayapmiz.
Qisqasi, bugungi kun talablaridan kelib chiqib, faoliyatimizni kengaytirgan holda, ishchi-xodimlarimiz daromadini oshirish, ichki bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish hamda aholi turmush farovonligini yuksaltirishdek xayrli ishlarga baholi qudrat hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.
Oybek RAHIMOV, "Xalq eo‘zi” muxbiri.
"Xalq so‘zi” 2016 yil 6 may, № 88 (6523)