Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KICHIK BIZNES VA HUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI RIVOJLANTIRISH - USTUVOR VAZIFA
05.02.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm saylov okrugida ushbu siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish hamda saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etishning muhim masalalariga karatilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda okrug saylov komissiyasi a’zolari va matbuot guruhi vakillari, siyosiy partiyalarning viloyat Kengashlari raislari hamda ommaviy axborot vositatari xodimlari ishtirok etdi.

Unda xalq deputatlari viloyat kengashining deputatlari, viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlarning rahbarlari, Urganch shahar va tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda viloyat hokimi P.Bobojonov ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikramov yig‘ilishda qatnashdi va so‘zga chiqdi.
Bugungi kunda yurtdoshlarimiz Prezidentimizning mamlakatimizning 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasini katta qiziqish bilan o‘qib - o‘rganmoqdalar va unda ko‘rsatilgan muhim vazifalar asosida faoliyatini tashkil qilmoqdalar. Ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish maqsadida istiqbolli loyihalar, tashabbuslar boshlab yuborildi.
Faollar yig‘ilishida yangi yilning dastlabki oylaridagi bu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarga to‘xtalish bilan birga 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish yakunlari atroflicha tahlil etildi.
Mamlakatimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari ta’minlanmoqda. Jumladan, o‘tgan yili yalpi hududiy mahsulot hajmi 11,7 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 47,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish 6,8 foizga, qurilish ishlari hajmi 13,1 foizga, chakana savdo aylanmasi 9,3 foizga, jami xizmatlar 16,4 foizga o‘sishiga erishildi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 86,7 foizga, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,3 barobarga o‘sdi. Viloyatda tashqi savdo aylanmasida 98 mln. dollar miqdorida ijobiy saldoga erishildi.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 75 foizini tashkil etdi. 2014 yilgacha Xorazm viloyati respublika byudjetidan subventsiya olib kelgan bo‘lsa, 2015 yil 1 yanvar holatiga viloyat subventsiya oluvchi hududlar safidan chikdi.
2014 yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 665,3 mlrd.so‘m miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirilishi hisobiga 1586 ta loyihalar amalga oshirildi hamda 12,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2013-2014 yillarda 262 ta sanoat korxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Natijada, sanoat sohasida 2014 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,6 trln. so‘mga yetkazilib, ushbu ko‘rsatkich 2008 yilga nisbatan 2,3 martaga oshdi.
Bugungi kunda viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasiga 32,8 foizi, engil sanoat sohasiga 28,4 foizi, oziq-ovqat sanoati tarmog‘iga 11,9 foizi va boshqa tarmoqlarga 26,9 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga tarmoq ishlab chiqarishi tarkibini tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida erishildi. Jumladan, viloyat iqtisodiyotida mashinasozlik yangidan shakllanib borayotgan tarmoq bo‘lib, Hazorasp tumanining Pitnak shahrida “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining Xorazm viloyat filiali ishga tushib, “Damas” va “Shevrolet Orlando” rusumli mashinalarni yig‘ishga kirishilgani viloyatda ushbu sohaning rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu korxona atrofida umumiy qiymati 60,0 mln. dollardan ortiq bo‘lgan 5 ta yangi quvvatlar ishga tushirilib, 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi”, butlovchi va ehtiyot qismlar yetkazib berishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “UzDongYang”, “Uz-TongXong”, “UzKoram” hamda “UzSE Myung” korxonalari shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Urganch shahridagi “Urganch ekskavator” korxonasi bazasida Xitoyning “Xuzhou Construction Machinery Group Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda 18,2 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritish hisobiga yillik quvvati 200 dona gidravlik ekskavator va buldozerlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “UzXCMG” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi hamda 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Korxonada 2014 yilning o‘zida 155 dona yoki 18,4 mln. dollarlik ekskavator va buldozerlar ishlab chiqarildi.
Sanoatni rivojlantirish borasidagi yana bir ustuvor vazifa - bu ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, tarmoqlar aro sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisoblanadi. Xususan, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar tomonidan 29,8 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, iqtisod qilingan valyuta miqdori 12,3 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Xususan, “Amirbek beton servis” xususiy korxonasida 10-16 mm. diametrli metall armaturalar, “Xiva maishiy texnika” mas’uliyati cheklangan jamiyatida maishiy muzlatkichlar hamda “Qo‘shko‘pir agro invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatida svetodiod yoritkichlar ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi.
Ana shunday o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2010 yilga nisbatan 5,9 foizdan 11,9 foizga yetib, bugungi kunda 2 barobarga ortdi. Bu ko‘rsatkich yana ko‘payadi.
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan “yagona darcha” tamoyilini joriy etish, xususiy tadbirkorlar uchun xom-ashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ancha kengaytirish bo‘yichatizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini takdim etish mexanizmlari soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni elektron shaklda amalga oshirmokda.
Kichik biznes sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda engil  sanoat,oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100 kishidan 200 kishigacha oshirilgani sohani rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar tizimida muhim omil bo‘ldi. 2014 yilda viloyatda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 365,7 mlrd. so‘m yoki 2013 yilga nisbatan 86,2 mlrd. so‘m ko‘p kreditlar ajratildi.
Yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 34,2 foizdan 73,9 foizgacha, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda esa 24,0 foizdan 29,7 foizgacha o‘sdi. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida 532,7 ming kishi mehnat qilib, bu jami iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining 78,2 foizini tashkil qilmoqda. Tasdiqlangan dasturlarga asosan xususiy sektorga 9 ta davlat ob’ektlari 1,6 mlrd. so‘m investitsiya kiritish hisobiga 740 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan sotilgan. Shuningdek, 85 ta yaroqsiz ob’ektlar buzilib, bo‘shagan er maydonlarida 12 mlrd. so‘mlik 112 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
O‘tgan yili 1210 ta kichik biznes sub’ektlariga foydalanilmay bo‘sh turgan maydonlar ijaraga berilib, 2,5 mingta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Viloyatda 19 ta ob’ektlar 11,4 mlrd. so‘m investitsiya kiritish va 427 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” qiymatda sotilgan. Shu bilan birga 2014 yilda 12 ta kichik biznes korxonalari tomonidan 8 turdagi yangi mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda bugun xizmat ko‘rsatish va servis sohasi eng muhim manba va omil hisoblanadi. O‘tgan yilda tasdiqlangan dasturga asosan 953 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil qilinib, xizmat ko‘rsatish sohasida 3 ming 456 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2014 yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 16,4 foizga o‘sdi, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 41,3 foizni tashkil qildi.
Yuqori texnologik xizmatlar qatorida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari eng jadal rivojlanishi hisobiga, bunday xizmatlar oxirgi besh yilda 3,3 baravar, hisobot yilida esa 37,1 foizga o‘sdi. Jumladan, 2015 yil boshiga internet tarmog‘idan va “Ziyonet” informatsion resurslaridan foydalanuvchi abonentlar soni 344,0 mingdan ortiqni tashkil etdi. Shu bilan birga bugungi kunda kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish ham eng muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. 2014 yilda viloyatda 60,6 mingta ish o‘rni tashkil etildi. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining 28,1 mingdan ortiq bitiruvchisi ishgajoylashtirildi.
Kollej bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun 2014 yilda tijorat banklari tomonidan 12,1 mlrd. so‘m miqdorida imtiezli mikrokreditlar ajratildi. Bugun taraqqiyotni sarmoyasiz, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘tgan yilda viloyat iqtisodiyot tarmoqlariga jami 1,2 trln. so‘m miqdorida investitsiya mablag‘lari jalb qilindi, ushbu mablag‘larning 47,4 foizi, ya’ni 578 mlrd. so‘mi ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirildi.
O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 13 mlrd. so‘mni, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 7,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Prezidentimizning qarorlariga asosan Urganch shahrida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirishga qaratilgan 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur amalga oshirilmoqda. O‘tgan ikki yil davomida mazkur qarorga asosan 846 mlrd. so‘mlik qurilish-bunyodkorlik ishlari bajarildi. Xususan, “Urganch” xalqaro aeroportining “300 o‘rinli uchib keluvchilar zali” va “300 o‘rinli uchib ketish zali” binolari, “Yoshlar ko‘li” rekonstruktsiya qilindi, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Urganch filialining yangi binosi, turizm va mehmonxona xizmati kasb-hunar kolleji, Urganch shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktab binolari yangidan qurildi.
Dasturga asosan Shovot kanalining ikki qirg‘og‘ida 14,2 km masofada aholi dam olish maskanlari tashkil qilindi. Jami 89.5 gektar maydonda qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi, shundan 55 gektardan ortiq maydonlar ko‘kalamzorlashtirildi va manzarali daraxtlar ekildi. Kanalning ikki qirg‘og‘ida 55 ta ob’ektda 47 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirilib, ob’ektlar ishga tushirildi. Urganch shahrida 25 ta ko‘p qavatli turar-joylar va 101 ta 2 qavatli kottej tipidagi uylar foydalanishga topshirildi. Ularda barcha qulayliklar, jumladan elektr, gaz hamda issiq va sovuq suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilib, bolalar o‘yingohlari va maishiy xizmat ob’ektlari qurib foydalanishga topshirildi.
Dasturga asosan Urganch shahridagi “Yoshlik” massivida joylashgan ulkan yopiq sport maneji, gimnastika zali, basseyn, “Basketbol” va “Badminton” markazlarida qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu ob’ektlar 2015 yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida bo‘lib o‘tadigan “Umid nihollari” musobaqalarining respublika final bosqichi boshlanadigan kungacha bitkaziladi va ushbu muhim tadbir yangi ob’ektlarda o‘tkaziladi.
2014 yilda viloyatda tashqi muxandislik va infratuzilma ob’ektlari, jumladan, 111 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari,  suv va tabiiy gaz ta’minoti borasida mosravishda 183 km. va 65 km. tarmoqlar yangidan qurildi va rekonstruktsiya qilindi. Natijada 39 ming xonadonlarda tabiiy gaz va 160,2 ming axolining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Shu bilan birga Urganch shahridagi avariya holatida bo‘lgan oqava suv tarmoqlarini rekonstruktsiyasi uchun 3,8 mlrd.so‘m ajratilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.
Bugun mamlakatimizda barcha sohalardagi kabi qishlok xo‘jaligida ham ishlab chiqarishni rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lmoqda. Bu boradagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni davom ettirishga, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etishga, sohani kompleks mexanizatsiyalash hamda xomashyo resurslarini qayta ishlashni chukurlashtirishga qaratilgan bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatimizda 2014 yil qishloq xo‘jaligi uchun ijobiy natijalar yili bo‘lib, 421,2 ming tonna g‘alla va 258,2 ming tonnadan ortiq paxta hosili etishtirildi. Hosildorlik g‘allachilikda 44,7 tsentnerni, paxtachilikda 27,5 tsentnerni tashkil etdi.
Bundan tashqari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining 2 mingtasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirildi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan jami 12 ming tonnadan ortiq sig‘imga ega 38 ta zamonaviy sovutkichli omborxona va kameralar qurildi.
O‘tgan yillarda 123,2 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobiga viloyatda 9,1 ming km. uzunlikdagi kollektorlarda meliorativ tadbirlar o‘tkazilib, 231,2 ming gektar erda er osti suvlari sathi pasayishiga va kuchli sho‘rlangan er maydonlarining 2008 yildagi 28,9 ming gektardan 2014 yilda 21,5 ming gektargacha kamayishiga erishildi.
Xususan, o‘tkazilgan meliorativ tadbirlarning ijobiy natijalarini Yangiariq tumanidagi “Uchtepa” va “Gulobod” kollektorlari, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Xadra”, “Eski Doutko‘l-Hadra” va “Navro‘z” kollektorlari, Yangibozor tumanidagi “Bo‘zqal’a” kollektorlari misolida ko‘rish mumkin.
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar negizida turgan avvalambor aholi turmush farovonligini oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish kabi ustuvor vazifalar o‘z samarasini bermokda. Bu borada iqtisodiyotning jadal sur’atlarda va mutanosib ravishda rivojlanishi aholi turmush darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Odamlarning daromadlari ortishi bilan oilalarning moddiy ahvoli ham sifat jihatdan o‘zgarib bormokda. Xususan, viloyat aholisining 12 turdagi zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasining (har 100 ta oilaga) yildan-yilga o‘sishiga erishilmoqda. Jumladan, 2007 yilga nisbatan shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi 32,9 martaga, elektr chang yutkichlar bilan 7,1 martaga, mobil telefonlar bilan 2,5 martaga, avtomobillar bilan 2,2 martaga, televizorlar bilan 29,3 foizga, kir yuvish mashinalari bilan 24,4 foizga, xolodilniklar bilan 18,0 foizga oshdi.
Bugungi kunda deyarli har ikki oiladan biri shaxsiy transport vositasiga ega va bu mashinalar aynan yurtimizda ishlab chiqarilgani barchamizga mamnuniyat va g‘urur bag‘ishlaydi.
Shu bilan birga, qishloq aholi punktlari tashqi kiyofasini yanada yaxshilash, namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi ko‘lamini kengaytirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2014 yilda jami 736 ming kvadrat metr, jumladan qishloq joylarida 637 ming kvadrat metr uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga Osiyo taraqqiyot banki va hukumat kafolati ostida ajratilayotgan mablag‘lar va imtiyozli kreditlar asosida o‘tgan yilda jami 129,5 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar o‘zlashtirildi va 28 ta massivda 807 ta uy-joy qurilib, egalariga topshirildi.
Shuningdek, yig‘ilishda ayrim tumanlarda o‘tgan yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, bandlik dasturi ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi qattiq tanqid qilindi.
Yig‘ilishda ma’ruza qilgan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ishbilarmonlarning, ayniqsa yoshlarning safi kengayib borayotganligi va ular tomonidan sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarning tayyorlanayotganligi, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini biznes bilan shug‘ullanishlari uchun banklar berayotgan imtiyozli kreditlar salmog‘i oshayotganligini ta’kidladi.
O‘tgan yili huquqni muhofaza qilish idoralari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, bandlikka ko‘maklashish markazlari va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etilib, ko‘plab yoshlar ish bilan ta’minlandilar. “2015 yil-Keksalarni e’zozlash yili”da keksa avlod vakillariga zarur ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, ularning sog‘liqlarini tiklash, dam olish tizimini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda qator boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlarining, Urganch shahar va tumanlar hokimlarining axborotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar muhokama qilingach, shu yuzadan qaror qabul qilindi.


“Xorazm xaqiqati” 2015 yil 4 fevral № 10 (19148)