Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Kichik va xususiy biznes taraqqiy etib, yangi ishchi o‘rinlari yaratilmoqda
24.11.2015

   Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligi ta’minlash, aholini puxta ijtimoiy muhofaza qilishga erishish doimo e’tiborda.

   "2013-2015 yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi” doirasida Yangiariq tumanida ham keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Eng chekka xududlarda ham kundalik extiyoj uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etilmoqda. Jumladan, Gulobod qishlog‘ida ishga tushirilgan "Ideal karpet” korxonasida sifatli, zamonaviy dizayndagi gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Tagan qishlog‘ida yaqinda foydalanishga topshirilgan "Maftuna – Ozodbek” korxonasida esa mahalliy fermerlar ishlab chiqargan sutni qayta ishlab, undan besh tur mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Qarmish qishlog‘ida ishga tushgan "Malika plast” korxonasida esa qurilish materiallari ishlab chiqarilib, boshqa tumanlarga ham etkazib berilmoqda. Yangiariq shaharchasidagi yangidan ishga tushgan "Ruslan – Fayz” korxonasida ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari ham mijozlarga manzur bo‘lmoqda. Qo‘riqtom qishlog‘ida esa go‘shtni qayta ishlaydigan yangi korxona ish boshladi.

   Tumanda aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilashga xizmat qiladigan "Brigadir-avto” deb nomlangan yangi korxona ish boshladi. Bu kabi tadbirlar aholining bandlik masalasini ijobiy xal etishda yaxshi samaralar bermoqda.

   - Yaqinda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida joriy yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi masalasi ko'rib chiqildi. Unda tumandagi korxona, tashkilotlar, kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklarida ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilgan bo‘lsada hali bu borada kamchilik va nuqsonlar ham borligi, xususan kichik korxona, mikrofirma, yakka tartibda tadbirkorlikni talab darajasida rivojlantirish maqsadida belgilangan loyihalarni to‘la amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, fermer xo‘jaliklari tarkibida asalarichilik, parrandachilik, qoramolchilik, baliqchilik kabi tarmoqlarni ko‘paytirish, shu tarzda fermer xo‘jaliklari faoliyatini ko‘p tarmoqlilik asosida davom ettirish zarurligi uqtirildi. Ayni shu hisobga tumanda 1500 dan oshiq yangi ishchi o‘rinlari ochish ko‘zda tutilgan, deydi Yangiariq tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari Davronbek Qilichev.

   Umuman 2008 yildan beri viloyat Bandlik dasturiga muvofiq 60,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilib, 26,4 ming nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligi ta’minlangan.

   Bu borada ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash muhimligi e’tiborga olinib Kollej bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun 2014 yilda tijorat banklari tomonidan 12,1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan.

   2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda mingdan oshiq kichik biznes korxonalari tashkil etilib, ularning soni o‘n bir mingga yaqinlashdi. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 75,2 %ni tashkil etdi. Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 2015 yilning o‘tgan davrida 390,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

 

Viloyat hokimligining Axborot xizmati