Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KITOB VA KITOBXONLIK TARG‘IBOTI
23.01.2017

KITOB VA KITOBXONLIK TARG‘IBOTI

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda e’lon qilingan "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash borasida Xorazm viloyati hokimining maxsus qarori qabul qilindi.

Gurlan tumanidagi 9-son musiqa va san’at maktabida yuqoridagi farmoyish va qaror ijrosi, shuningdek umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi o‘quvchilari va oliygohlar talabalar o‘rtasida Xorazm viloyatida an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan "Mangulik jamoli” ko‘rik tanlovni 2017 yilda o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan  amaliy seminar – kengash bo‘lib o‘tdi.


         Viloyat hokimligining matbuot kotibi Sh.Matkarimov mazkur farmoyish ahamiyati, bu borada viloyatda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtaldi. Jumladan u shunday dedi:

         - Masala nihoyatda dolzarb. Bilasizlar, bu borada viloyatda mana bir necha yillardan beri tizimli ravishda tadbirlar olib borilmoqda. Natijada bugun Xorazmda kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan yuzdan ortiq savdo nuqtalarini o‘z ichiga olgan tizim yaratildi. Endigi   masala ana shu tizimning muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashdan iborat. Ushbu farmoyish  bu harakatlarning muhim huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

     Shundan keyin filologiya fanlari nomzodi Abdulla O‘rozboev "Kitob va kitobxonlik – yoshlar tarbiyasidagi eng asosiy vosita”, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bahodir Tillaev "Viloyat umumta’lim maktablarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va an’naviy "Mangulik jamoli” ko‘rik - tanlovi o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashning muhim omili” mavzularida o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

 

- Umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish farzandlarimizni yot g‘oyalar, "ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlarimiz ongini zaharlashga bo‘layotgan urinishlardan eng ishonchli himoyadir. Bundan bir necha yillar taniqli shoir, tarjimon va adabiyotshunos Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "Mangulik jamoli” ko‘rik tanlovi doirasida amalga oshiriyotgan ishlarimiz shu yo‘nalishdagi eng muhim tadbirlardan biriga aylandi. Ushbu ko‘rik – tanlov doirasida o‘quvchilar tariximiz va qadriyatlarimiz, mumtoz va o‘zbek adabiyotining namoyandalari hayoti va ijodi, tilimiz taraqqiyoti va jozibasi haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar. Shuning uchun ushbu ko‘rik – tanlov bugun o‘quvchilarimiz orasida o‘tkaziladigan eng sevimli tadbirlardan biriga aylandi,- dedi o‘z so‘zining yakunida B.Tilliev.

     Mehnat faxriysi Aminboy Vapaev so‘z olib,  kitob va kitobxonlik targ‘ibotini mahalliy ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati” va "Xorezmskaya pravda” gazetalarida kuchaytirish muhimligi, bir vaqtlari bo‘lganidek oilalarda jam bo‘lib kitob o‘qish  an’analarini tiklash lozimligi haqida to‘xtaldi.

Shoirlar Jumanazar Yusupov, Otabek Ismoilov, Sodiqjon Inoyatiov, Mahmud Rajablar mavzuga oid fikrlarini bildirib o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining matbuot kotibi