Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KO‘LDAGI XAZINA
23.06.2014

So‘nggi yillarda mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasi  o‘laroq, sohada ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilib, baliq va baliq mahsulotlari etishtirish hajmi ortib bormoqda.
Xorazm viloyatida azaldan baliqchilik rivoj topgan. Buning ikkita muhim omili bor. Birinchidan, viloyatda relef jihatidan ancha past hududlar, ya’ni yer osti suvlarining sathidan ham past botiqlarning mavjudligi ko‘llar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ikkinchidan, yillar davomida Amudaryo o‘zanini o‘zgarib turishi natijasida tabiiy suv havzalari barpo bo‘lgan. Ushbu tabiiy resurslar, o‘z navbatida, vohada baliqchilikning rivojlanishiga, boshqa joylarda uchramaydigan yoki kam uchraydigan Amudaryo bakra, kuronburun bakra, so‘gan, laqqa, cho‘rtan, sazan, ko‘kyon kabi baliq turlarining ko‘payishiga imkon bergan.
Afsuski, uzoq yillar davomida baliq haddan tashqari ko‘p ovlangani sohada muayyan muammolarni yuzaga keltirdi. Ayrim baliq turlari hatto yo‘qolib ketish arafasiga kelib qoldi. So‘nggi paytda bu muammolarni ijobiy hal etishga jiddiy kirishildi. Natijada baliqchilik vohada tez rivojlanib borayotgan istiqbolli tarmoqqa aylandi. Viloyatda 2010 yilda 2 ming tonna atrofida baliq etishtirilgan  bo‘lsa, bugunga kelib  bu ko‘rsatgich  2,5 hissaga ortdi.
2013 yil 28 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining “2013 yilda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, servis xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish to‘g‘risida”gi yig‘ilishi bayoni ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur asosida 1,8 million AQSh dollari mikdoridagi investitsiyani o‘zlashtirish hisobiga 44 ta loyiha amalga oshirildi, 391 gektar tabiiy va 13 gektar sun’iy suv havzalarida baliq parvarishlash yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda esa viloyatda 308 ta fermer xo‘jaligi baliqchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Yangiariq tumanidagi “Xorazm baliq mahsulotlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati zarur moddiy-texnik bazaga, tajribali mutaxassislarga ega bo‘lgan korxona sanaladi. Bu erda baliqlar guruhlarga bo‘linib boqiladi, naslchilik, urug‘chilik ishlari namunali tashkil etilgan bo‘lib, alohida ona baliqlar havzasi mavjud. Korxona qoshidagi inkubatoriyada ona baliqlardan urug‘lik olinib, chavoqlar etishtiriladi va xo‘jaliklarga etkazib beriladi. Bu yil korxonada 5 million donadan ziyod chavoqlar etishtirildi. Ularning 3 million donasi korxonaning o‘z suv havzalariga qo‘yib yuborildi, qolgani viloyatdagi baliqchilik fermer xo‘jaliklariga sotildi.
Baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari orasida ham soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotganlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xiva tumanidagi “Valiko plyus”, “Boltaboy oqsoqol”, Gurlan tumanidagi “Oq marqa”, Bog‘ot tumanidagi “Sotimboy baliqchi”, Shovot tumanidagi “Tojiddin oxun” kabi ko‘plab fermer xo‘jaliklarida baliqchilik rivojlanib, luqmai halol etishtirish ko‘paymokda.
Lekin ayrim fermer xo‘jaliklarida mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti, ba’zi joylarda suv havzalari o‘z holiga tashlab ko‘yilib, ularda qazish, ta’mirlash, toza suv bilan ta’minlash ishlari bajarilmagan. Oqibatda Qo‘shko‘pir tumanidagi “Uchqun, To‘lqin, Xursand”, “Nazar, Ikrom baliqchi”, “Jaloliddin”, Yangibozor tumanidagi “Sanjar badiqchi”, Yangiariq tumanidagi “Qadamboy Ollashukur”, “Ma’ruf, Mansur” fermer xo‘jaliklarida baliq etishtirish rejalari bajarilmayapti. Agar bu xo‘jaliklarda ham yaxshi natijalarga erishilganida ko‘rsatkichlar yanada salmoqli bo‘lardi. 
Bu yil viloyatda biliqchilik sohasida 35 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadlar uchun 4 milliard 211 million so‘mlik kreditlar ajratish belgilangan. Buning evaziga 164 ta yangi ish o‘rni ochiladi, qo‘shimcha ravishda 603 tonna baliq etishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Umuman olganda, joriy yil viloyatda 5860 tonna baliq etishtirilib, aholi dasturxoniga etkazib berilishi mo‘ljallanmokda. Bu esa belgilangan dasturlarning to‘liq bajarilishini ta’minlaydi, aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
A.FARHODOV, 
“Mohiyat” 2014 yil 20 iyun (721)