Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Kompozit ballon qimmatmi yoki hayotimiz?
14.04.2018

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 11 maydagi 131 sonli qarori bilan “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspektsiyasi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududida sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, geologik nazorat va shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi xisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan shiorlari ostida, xalqimiz farovonligi yo‘lida barcha qulayliklar yaratilmoqda.

Shu jumladan, o‘zimizda avtomobillar ishlab chiqarilishi va ularga yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2007 yil 10 fevralda 30-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, respublikada ichki bozorni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash ta’minlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga o‘tkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi, hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi. Gaz ballonlari o‘rnatilgan avtomobillar xafsizligiga mas’ul - IIV idoralari tayinlandi.

Aynan shu maqsadlarda, tadbirkorlar tomonidan yurtimizga chet mamlakatlardan turli avtomobil gaz ballon va uskunalari olib kelindi, jumladan juda katta miqdorda usti kompozit (skotch) koplamali ballonlar Xitoy Halq Respublikasidan olib kelindi. Pekin, shu davrda bunday ballonlarni tekshirish va sinash standartlari mavjud emas edi va ularga ularni ishlab chiqargan zavodlardan olingan sinovlar natijasi asosida sertifikatlar berilgan.

Bunday ballonlardan foydalanish davrida noxush xodisalar ro‘y berishi boshlandi. Achinarli bo‘lsa ham aytib o‘tish joyizki, bizdagi ma’lumotlarga qaraganda o‘tgan yillar davomida 55 ta kompozit qoplamali gaz ballonlarining portlashi natijasida 32 xolatda 64 nafar yurtdoshlarimiz, shulardan 41 nafari turli tan jaroxatlari olishgan va 23 nafari (3 tasi yosh bolalar) nobud bo‘lishgan, avtomobillar esa qayta tiklanmaydigan holatga kelgan. Bunday ayanchli voqealarning kimlardir ishtirokchisi yoki guvohi bo‘lgan, kimlardir turli axborot vositalari orqali habar topgan. Afsuski, bularni bila turib, o‘zining va eng yomoni farzandlari, yakinlarining hayotini xavf ostiga qo‘yib yurtdoshlarimiz bunday ballonlardan foydalanib kelyaptilar. Natijada yaqindagina Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida kompozit gaz balloni portlashi natijasida 2 nafar yo‘lovchi nobud bo‘ldi va yana 6 nafar yutrdoshlarimiz turli tan jaroxatlari bilan kasalxonaga yotkizildi, xuddi shuningdek Buxoro viloyatida gaz balloni portlashi natijasida avtomobil egasi va uning umr yo‘ldoshi (yosh oila) bevaqt xayotdan ko‘z yumdilar.

Sodir bo‘lgan vokealarning asosiy sabablariga mustahkamlik darajasi past bo‘lgan kompozit qoplamali gaz ballonlar, ballonlarga ortiqcha bosimda gaz to‘ldirish, metall gaz ballonlari navbatdagi texnik sinovdan o‘tkazmaslik yoki o‘tkazilgan deb qalbaki dalolatnoma rasmiylashtirishlar sabab bo‘lgan hamda ishlatish muddati 15 yildan ziyod ishlatilayotgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida kelib chiqmoqda. Bundan tashqari, bunday ballonlarning kompozit qismidan farqli o‘larok, yumaloq shaklidagi ikki tarafidagi “qopqoq” qismining asosiy o‘zagiga ulangan joyi har gal 180-200 kgs/sm2 bosim bilan gaz to‘ldirilganda qayta-qayta zo‘riqishda mustaxkamligi yo‘qolib boradi.

Yuqorida eslatilgan hayotdan bevaqt ko‘z yumgan hamyutrlarimiz ham Sizga o‘xshab, o‘zining avtomobilidagi "ballonim mustahkam, havotirga o‘rin yo‘q” - degan hayolda bo‘lishgan.

Aytilgan hodisalarni o‘rganish va taxlil qilish jarayonida, tegishli idoralar mutaxassislarining xulosalariga ko‘ra, kompozit qoplamali ballolarning metall qismining sifati va qalinligi me’yoriy mustahkamligini ta’minlamaydi. Huddi shuni ta’kidlab, Xitoy Halq Respublikasidagi kompozit qoplamali ballonlar ishlab chiqargan va O‘zbekistonlik tadbirkolarga ularni sotgan zavod rahbari nomidan Toshkent shahar Ichki ishlar idoralariga, yuborilgan katta partiya ballonlarni metall qismi (po‘lat) sifati pastligi sababli zavodga qaytarilishini so‘rab xat yozgan.

Xozirgi kunda kompozit qoplamali (skoch) gaz ballonlarni ishlatmaslik bo‘yicha har hil mish-mish ma’lumotlar tarqalmoqda. Bunday ma’lumotlarni eshitgandan so‘ng o‘ylab qolamiz, naxotki inson o‘zining va farzandlarining hayotiga shunchalar befarq bo‘lsa?

Dono xalqimizning “Ko‘za har kuni emas, kunida sinadi” degan maqoli esimizdan chiqmasligi kerak.

Bularni barchasini inobatga olib, kelgusida jamiyat, atrof-muhit va eng muhimi fuqarolarimizning sog‘lig‘i yoki hayotiga etkazilishi mumkin bo‘lgan, yuqorida aytilgan kabi hodisalarni oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy texnik reglamenti”ning 48 bandiga muvofiq kompozit qoplamali gaz ballonlarni O‘zbekiston Respublikasida avtomobillarga o‘rnatish ta’qiqlanishi, hamda 2017 yil 11 oktyabrdagi 815-sonli qarorining 13 bandiga muvofiq kompozit qoplamali gaz ballonlar o‘rnatilgan avtomobillarga respublika hududida 2018 yilning 1 fevralidan boshlab gaz to‘ldirish ta’qiqlab qo‘yildi.

Bularning barchasi albatta halqimizning tinchligi, farovonligi va xavfsizligini inobatga olgan xolda bajarilayotgan ishlar xisoblanadi.

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi byudjet mablag‘lari tomonidan moliyalashtirilib, jismoniy va yuridik shaxslarga ballonlarni xarid qilish va ularni avtotransportlarga o‘rnatish kabi vakolatlarga ega emas. Shu sababli, Sizning avtomobilingizda o‘rnatilgan metallokompozit gaz ballonini sifat darajasi yuqori bo‘lgan metall gaz balloniga almashtirishingiz maqsadida xududingizdagi tegishli iste’mol kreditlarni olish uchun bank muassasiga yoki hayriya jamg‘armalariga yordam so‘rab murojaat etishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.