Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANA
04.12.2015

Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 – yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uni Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov boshqarib bordi.


   Xorazm viloyati prokurori Q. To‘ychiev mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  mazmun mohiyati, uning hayotimizda tutgan o‘rni haqida ma’ruza qildi.
   Xorazm viloyati hokimi P. Bobojonov o‘z so‘zida mamlakatimiz, jumladan Xorazmda olib borilayotgan islohotlar, davlat Dasturlarining hayotga tadbiq qilinishi va ushbu o‘zgarishlarning hayot tarzimizni qay darajada o‘zgartirib yuborganligi haqida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning yaqinda, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi va undan kelib chiqadigan vazifalarga atroflicha to‘xtaldi. 
   O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B.I. Zakirov  ham so‘zga chiqib yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram munosabati bilan qizg‘in tabrikladi. 
   Shundan keyin mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimizning Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan  xorazmliklarga orden va medallar topshirildi. 
   Shundan so‘ng tantanali yig‘ilish qatnashchilari uchun bayram kontserti nomoyish etiladi.
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati