Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KUCHLI DAVLATDAN - KUCHLI FUQAROLIK JAMIYATI SARI TAMOYILI AMALDA
22.11.2013

Joriy yilning noyabrь-dekabrь oylarida fukarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovda 9756 nafar fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 97 ming nafardan ziyod maslahatchilari saylanishi rejalashtirilmoqda. Shu o‘rinda ushbu saylovning ko‘lami va ahamiyatidan kelib chiqib, uning oldingilaridan farqli jihatlari xususida to‘xtalish joiz. Avvalo, bu galgi saylov davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari chuqurlashib borayotgan sharoitda bo‘lib o‘tadi. Ayni chog‘da, u aholining ijtimoiy faolligi kuchaygan, siyosiy va fuqarolik o‘zligini anglash hissi oshgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Muhimi, ushbu kampaniya ellikdan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, yangi tahrirda qabul qilingan "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida"gi qonun talablari hamda oshkoralik, muqobillik va tenglik huquqi tamoyillari asosida o‘tkaziladi. Ushbu ijtimoiy-siyosiy tadbirni qonunga to‘la rioya qilgan holda, yuksak tashkiliy-huquqiy hamda demokratik darajada tayyorlash va o‘tkazish maqsadida Senat Kengashining tegishli tadbirlar rejasi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aniqrog‘i saylovni tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga yordam ko‘rsatish uchun tegishli komissiyalar tuzildi. Ularning tarkibiga fuqarolar yig‘inlari, davlat organlari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bo‘linmalari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillari kiritildi. Shuningdek, barcha fuqarolar yig‘inlarida saylovni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil etildi. Amaldagi qonunga muvofiq, ushbu ishchi guruhlari faqat fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori 6ilan tuzilib, navbatdagi saylov e‘lon qilinguncha faoliyat yuritadi. Ishchi guruhlari faoliyatida xolislikni yanada kuchaytirish, nomzodlarga bir xil sharoitni ta‘minlashga qaratilgan yangi talablarga ham rioya qilinadi. Xususan, uning tarkibiga endilikda fuqarolar yig‘ini, tegishli hududdagi nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillaridan tashqari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati ham kiritildi. Shuningdek, ishchi guruhlarining vakolatlari kengaytirilganligini ham aytish zarur. Endilikda unga hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlar va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish, yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, yigilish bayonnomasini tuzish, tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolar fikrini hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlash, bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazilishini tashkil etish kabi vakolatlar ham berildi. Qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlardan yana biri saylovning muqobillik asosida o‘tkazilishidir. Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatiladi. Bu raisni eng munosib fuqarolar ichidan saralab, tanlab olish imkonini beradi. Nomzodlar ko‘rsatish jarayonidagi yangiliklar shulardan iboratki, ishchi guruh fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlab, tuman (shahar) hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida o‘n kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi. Shuningdek, tuman yoki shahar hokimi nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va o‘zining nomzodlar bo‘yicha xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi. Shubhasiz, fuqarolar yigini raisi lavozimiga nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma‘lumotga ega bo‘lishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish, shuningdek, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e‘tiborga ega bo‘lishi kerak. Fuqarolar yig‘ini raisining maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar esa tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolar fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan ko‘rsatiladi. Holbuki, avvalgi saylovlarda bunday nomzodlar fuqarolar yig‘ini ko‘rib chiqishi uchun shu yig‘in raisi tomonidan taqdim etilar edi. Fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) o‘tkazish tartibiga ham o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, endilikda u ishchi guruhning rahbari raisligida o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarning har biriga o‘z dasturini e‘lon qilishi uchun so‘z beriladi. Ushbu qoida fuqarolarning u yoki bu nomzodni saylash masalasiga to‘g‘ri yondashishi, nomzodning fuqarolar yig‘ini faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq rejalaridan xabardor bo‘lishi, rais bo‘lib saylangan taqdirda, uning faoliyatini nazorat qilib borishi uchun zamin yaratadi. Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqli amalga oshiriladi. Bu xususdagi qaror fuqarolar yig‘ini tomonidan ochik ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovoz berishni o‘tkazish Tartibidagi o‘zgartishga muvofiq, fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq ovoz berish orkali o‘tkazilayotganda, ovoz berish har bir nomzod bo‘yicha qo‘l ko‘tarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar yig‘iniga raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarni avvalgi saylovlardagidek takliflar kelib tushish tartibiga qarab emas, balki alifbo tartibida ovozga qo‘yadi. Bu ham saylov jarayonining muhim bosqichi hisoblangan ochiq ovoz berish demokratik asosda o‘tkazilishi uchun yaratilgan huquqiy kafolatdir. Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlar bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilgach, fuqarolar yig‘inida raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qo‘yadi. Fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari beriladi. Byulletenga fuqarolar yig‘ini raisi, uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi. Byulletenь ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiriladi. Avvalgi saylovlarda ovoz beruvchi o‘zi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning byulletendagi familiyasini o‘chirar edi. Endi esa u byulletenning o‘ng tomonida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yadi. So‘ngra byulletenni saylov qutisiga tashlaydi. Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi. Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inida qatnashayotgan fuqarolarning ayrimlari ovoz berishda ishtirok etmasligi mumkinligini inobatga olib, saylov yakunlarini chiqarish tartibiga ham tegishli o‘zgartish kiritildi. Ya‘ni fuqarolar yig‘inida hozir bo‘lgan fuqarolarning emas, balki ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini olgan nomzod rais yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan hisoblanadi. Agar bu lavozimga ikki nafardan ortiq nomzod ko‘rsatilgan va ulardan birontasi xam saylanmagan bo‘dsa, fukarolar yig‘ini eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish chog‘ida boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi ishtirokchilari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etilishini ta‘minlash, nomzodlar va ularning fazilatlari bilan saylovchilarni tanishtirish hamda saylovga oshkoralik, muqobillik va tenglik tamoyillari asosida hozirlik ko‘rish, saylovchilarning saylovni tayyorlash va o‘tkazishning borishidan xabardorligini oshirish eng muhim talablardir. Saylovni yuksak tashkiliy-huquqiy va demokratik ruhda o‘tkazish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rnini mustahkamlashga, "Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilidan ko‘zlangan maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Erkin RO‘ZMETOV, Oliy Majlis Senati Kengashinnng fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya a‘zosi. “Birja” 2013 yil 24 oqtyabr № 124 (1687).