Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KUTUBXONA ISH BOSHLADI
13.02.2017

KUTUBXONA ISH BOSHLADI

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yilni "Xaql bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb atalishidan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolarning kundalik muammo va ehtiyojlarini aniqlash va hal etishdan iboratdir.

Ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirish uchun jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqotlari amalga oshirilmoqda.

Yaqinda viloyat hokimi P.Bobojonov Shovot tumani aholisi bilan uchrashgan edi.

P.Bobojonov uchrashuvda so‘zga chiqib o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizni jadal rivojlantirish va axoli turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan qaror va farmon, turli davlat Dasturlarining mazmun - mohiyati to‘g‘risida kengdan tushuntirish berdi.

 

Shuningdek, viloyat hokimi o‘z so‘zida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" davlat dasturida qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar, ajratilayotgan mablag‘lar, arzon narxdagi qurilishi rejalashtirilayotgan namunaviy uy-joylar, tibbiy xizmatlarni yaxshilash, ayniqsa dori-darmonlarning narxlarining nazoratga olinish mehanizmlari xaqida to‘xtaldi.

Shundan keyin aholi o‘zlarini bezovta qilayotgan muammolar hiqida turli savollarni bergan edilar. Jumladan, viloyat hokimiga murojaat qilgan faxriy Ortiqboy Manglibayev o‘zi istiqomat qilayotgan "O‘zbekiston" qishlog‘idagi to‘rtta Maxtumquli, Oq qo‘l, Eshonqal’a, Arbek mahallarida turkman, rus, koreys, tatar. Moldavan kabi o‘ndan ortiq millat vakillaridan 3860 oilada 15300dan ortiq aholi yashashini, ammo qishloqda kutubxona yo‘qligi, bu esa bugungi kunda yoshlarning ma’naviy jihatdan kamol topishlariga jiddiy to‘siq bo‘layotganligini bildirgan edi.

O‘rganishlar bu qishloqda beshta umumta’lim maktabi va bitta kasb – hunar kolleji mavjudligi, ammo bu hududda kun talabiga javob beradigan kutubxona yo‘qligini ko‘rsatdi. "O‘zbekiston" kasb – hunar kollejidagi kutubxonada esa faqat darsliklar mavjud edi.

Viloyat hokimligining tashabbusi bilan bu ishga homiylar jalb qilindi va "O‘zbekiston" kasb – hunar kollejidagi kutubxona jami 17 million so‘mlik 260 nomdagi 1300 kitob boyitildi.

Kutubxonaga adabiyotlarni taqdim qilish tadbirida viloyat hokimi P.Bobojonov va Shovot tumani hokimi T. O‘tamurodovlar ishtirok etdilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining matbuot kotibi