Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MAHORATNING YОRQIN IZLARI
21.09.2016

MAHORATNING YORQIN IZLARI

Tarixi necha ming yillarga borib taqaladigan ko‘hna Xorazm kulolchilik, naqqoshlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi san’ati bilan mashhur bo‘lib, betakror

ijod iamunalari yaratgan ustalar o‘zlaridan yorqin iz qoldirganlar.

Xorazm an’anaviy zangori sopol ustasi Raimberdi Matchonovning ijodiy ishlari nafaqat respublikamizda, balki Italiya, Frantsiya, AQSh, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Turkiya davlatlarida ham san’at muxlislarini lol qoldirgan. Ustaning qo‘lida jilo topgan madaniy meros namunalari Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarning davlat san’at muzeylarida hamda galereyalarda avaylab saqlanmoqda.

Usta asosan ota-bobolaridan o‘rgangan qadimiy sir tayyorlash texnologiyasi asosida sopollarga ishlov bergan. Shuning uchun ham u yaratgan chanoq, ko‘za kabi idishlar boshqa ustalarnikidan ajralib turadi. Usta qadimiy me’morchilik obidalarining koshin bezaklarini ta’mirlashda va yangi qurilgan madaniy va ma’muriy binolarni koshinkorlik an’analari asosida bezashda ham faol qatnashgan.

Pahlavon Mahmud maqbarasini ta’mirlashda, Urganch shahridagi Al-Beruniy va Al-Xorazmiy yodgorlik majmualarini zangori sopol koshinkorlik san’ati bilan bezash ishlariga rahbarlik qilgan. Bu bilan u zangori sopol naqshi koshinkorligidan hozirgi zamon milliy me’morchiligida bezak sifatida foydalanish mumkinligini isbotlab berdi va Xorazm zangori kulolchilik maktabini qaytadan yaratdi.

Raimberdi ota Respublika badiiy fondi tizimida, 1978 yildan to umrining oxirigacha Respublika xalq amaliy san’ati "Usto” birlashmasi Xorazm bo‘limida ijodiy faoliyat ko‘rsatdi. Respublikada xalq amaliy san’atini rivojlantirishdagi munosib xizmatlari uchun "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ko‘plab tanlovlarda qatnashib, diplomlar va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 1997 yili kulolchilik sohasidagi turkum ishlari uchun Kamoladdin Behzod nomidagi Respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ustaning sa’y-harakatlari tufayli yo‘qolish darajasiga borib qolgan Yangiariq tumani Kattabog‘ kulolchilik maktabi qaytadan tiklandi. O‘z davrining mashxur kuloli Matyoqub Otajonovning o‘g‘li Sulton Otajonovni shogirdlikka olib, unga zangori kulolchilik sir-asrorlarini o‘rgatdi.

Hozirgi kunda ustaning shogirdlari Urganch shahrida qad ko‘tarayotgan yangi imoratlarning peshtoq qismini sopol koshinlar bilan bezash bo‘yicha samarali ish olib borishmoqda.

Oila an’analarini o‘g‘illari Odilbek, Matjon, Oybek, Tohirbek, qizlari Maryamlar davom ettirishmoqda.

Mashhur ustaning o‘g‘li Odilbek Matchonov tomonidan yaratilgan kulolchilik buyumlari dunyoning turli mintaqalarida, shu jumladan Dubay shahrida, Malayziyada, Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etildi.

Toshkent shahridagi zamonaviy san’at markazi binosining fasad qismi, Buxoro viloyatidagi Bahovuddin Naqshbandiy ziyoratgohining ayvon qismi devorlari Odilbek usta tomonidan zangori koshinkorlik bilan bezatildi.

"Tashabbus - 2007” ko‘rik-tanlovi sovrindori Odilbek Matchonov hozirgi kunda aka-ukalari, farzandlari va shogirdlari bilan Urganch shahrida yangi qurilgan imoratlar peshtoqlarini koshinkorlik an’analari asosida bezashda samarali ijod qilmoqda.

Ozod SULTONOV, san’atshunos.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 17 sentabr, №76.