Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MAHSULOTNING 90 FOIZI EKSPORTGA
26.03.2015

Bog‘otdagi Beshariq qishlog‘ida kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Xorazm tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirilishi tuman aholisi uchun chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.              
Aytish kerakki, mazkur loyiha ta’sischilariga sobiq to‘qimachilik fabrikasining bino va inshootlari ta’miri uchun 10,5 milliard so‘mlik investitsiya kiritish hamda 200 ta ish o‘rni yaratish sharti qo‘yilgan edi. Bu yerda 12,5 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi va eng zamonaviy texnologik dastgohlar keltirib o‘rnatildi. Natijada uning birinchi bosqichi ishga tushirilib, yiliga 4300 tonna eksportbop kalava ip tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Hozir bu yerda 200 kishi mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati kollej bitiruvchilaridir.
Loyihaning ikkinchi bosqichida xorijdan 30 milliard so‘mlik zamonaviy texnologiyalar keltirish ko‘zda tutilmoqda. U amalga oshishi bilan yana 200 ta ish o‘rni yaratiladi. E’tiborlisi, bu yerda tayyorlanadigan mahsulotning 90 foizi tashqi bozorga yo‘naltiriladi.

Oybek RAHIMOV, “Xalq so‘zi” muxbiri 24 mart, 2015 yil № 58 (6241)