Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MAQSADIMIZ – XALQIMIZ TURMUSH DARAJASINI YANADA OSHIRISH
29.11.2016

MAQSADIMIZ – XALQIMIZ TURMUSH DARAJASINI YANADA OSHIRISH

Shu kunlarda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy voqea –O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov-oldi tashviqoti qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Saylovchilar saylovoldi uchrashuvlarida dasturda belgilangan barcha yo‘nalishlardagi vazifalarga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Nomzodning Xorazm viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvida qatnashgan shifokor Sulton Bobojonov dastur bilan chuqur tanishib chiqqanligini ko‘tarinkilik bilan ta’kidladi.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning saylovoldi dasturida qator dolzarb vazifalar bilan birgalikda, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga juda katta e’tibor qaratilgan.

Nomzod tomonidan, aholining, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirish yuzasidan ilgari surilayotgan taklifini juda o‘rinli, deb bilaman.

Sababi, birinchi tibbiy yordamdan barcha qulay va tezkor foydalanishi, kam daromadli odamlar uchun ham uning maqbulligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, odamlarning tibbiy-huquqiy bilimini mustahkamlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hozirgi kunda juda dolzarb hisoblanib, ularni hayotga tatbiq qilish orqali biz tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqishga hamda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz, deb o‘ylayman.

Shuningdek, nomzodning ishonchli vakili R.Saburov Xorazm viloyatining barcha tumanlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda. Bo‘lib o‘tgan saylov-oldi uchrashuvlari davomida saylovchilar nomzodning Saylovoldi dasturi haqida o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Jumladan, Urganch tumani sanoat-transport kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Azamat Davletov "nomzodning Saylovoldi dasturi bilan tanishar ekanmiz, unda aholiga yuqori sifatli ta’lim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi qo‘yilganligi biz yoshlarga qaratilgan e’tibordir” -, dedi.

Shundan kelib chiqqan holda ta’lim sohasida mintaqalardagi demografik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, maktabgacha, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarini oldindan barpo etish amaliyotini yanada rivojlantirish, bepul va imtiyozli to‘lovlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, kollejlar va akademik litseylarni o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish, korxona va tashkilotlarning ehtiyojidan kelib chiqib, texnik va texnologik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul qilish masalasini rag‘batlantirish, nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladigan inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va soha o‘qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogiron) talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, pedagogik ma’lumotga ega, lekin bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgani bois vaqtincha ishlamaydigan ayollarning oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatidagi uy mehnatini tashkil etishning qonuniy asoslarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Nomzod dasturida ko‘rsatilgan bu yo‘nalishdagi takliflar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli Saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlayman.

Ishonchli vakilning Yangiariq tumani saylovchilari bilan ham uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yangiariq shaharchasi fuqarolar yig‘ini raisi Xosiyat Jumanazarova O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatini aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, uning kam ta’minlangan guruhlari turmush darajasini yaxshilashga yo‘naltirishni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, - dedi. Dasturda "Kam ta’minlanganlarning ijtimoiy himoyasi uchun kurashamiz” shiori ostida ilgari surilgan g‘oyalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda partiyani yanada faol ishtirokini ta’minlaydi.

Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish partiyamiz asosiy g‘oyasiga aylanib kelmoqda. Bunda biz asosiy e’tiborni "Keksalarimiz uchun munosib pensiya ta’minoti”, "Biz keksalarimizning farovon hayoti uchun mas’ulmiz” shiorlari ostida partiya Kengashlari va tashkilotlarida, mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilayotgan aktsiyalar negizida mamlakatimiz ravnaqi, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga ozod va obod Vatan qoldirish borasidagi ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan keksa avlod uchun hurmat va ehtirom ko‘rsatilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Shu jihatdan olib qarasak, nomzod dasturida ilgari surilgan g‘oyalar mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi”, deya qayd etdi.

Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona tez tibbiy yordam bo‘limi jarrohi Nurulla Bekchanov o‘z so‘zida nomzodning Saylovoldi dasturida bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilgan va eng avvalo, jamiyat manfaatlariga qaratilgan yo‘nalishlar qat’iy belgilab qo‘yilgan, xususan, band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash, sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, kommunal xizmatlar ko‘rsatishning samarasini yanada oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini yanada takomillashtirish hamda yana bir qator dolzarb vazifalar ko‘rsatilganligini mamnunlik bilan bildirdi.

Shuningdek, u imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish masalasini nomzod dasturidan o‘rin olgani barchamizni quvontirdi. Nomzod o‘z dasturida mustaqillik yillarida erishilgan natijalarni yuqori baholaydi va mamlakatimizning o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, partiya elektorati vakillarini turmush darajasini yaxshilash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni faol qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilib qo‘ygan, deydi.

Xorazm viloyati saylovoldi uchrashuvi qatnashchisi xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Nodira Odambaeva shu kunlarda yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilgan Xatamjon Ketmonovning saylovoldi dasturi bilan atroflicha tanishib chiqqanligini alohida ta’kidladi.

Nomzodning saylovoldi dasturida bayon etilganidek, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish davomida barqaror ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa fuqarolarimizni chetga chiqib ketishlarini oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Davlat dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish, bunda asosiy e’tiborni mehnat bozoridagi talab-taklifni to‘liq o‘rganish, hisobga olish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri va aniq belgilab olish masalalari dolzarbligi bilan e’tiborlidir.

Bundan tashqari, dasturda qishloq joylarida munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlarini taklif etayotgan, birinchi navbatda o‘zimizda mavjud bo‘lgan boy xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni ta’minlovchi yuqori texnologik tarmoq korxonalari, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yuritadigan kichik korxonalarni tashkil etish orqali mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashni yanada faollashtirishga qaratilgan maqsadlar bizning hunarmand va tadbirkor xalqimiz uchun ayni muddaodir.

Dasturda, odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu borada yangi loyihalar, tashabbuslar bilan chiqish maqsad qilib qo‘yilganligini a’lohida ta’kidlash lozim.

Shuningdek, dasturda, ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati samaradorligini yanada oshirish orqali narxlar va tariflarning o‘sishi yuqori bo‘lmasligini ta’minlash kabi hozirgi kunning dolzarb muammolari echimlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi tashviqoti qizg‘in pallaga kirgan ushbu kunlarda saylovchilarning nomzodning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishish va unga o‘z munosabatini bildirish va shu orqali o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish jarayoni ham qizg‘in tusga kirgan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati.

"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2016 yil 26 noyabr №96