Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“MARKAZIY OSIYODAGI SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI YUZASIDAN O‘ZBEKISTONNING TUTGAN YO‘LI ASOSLI VA ADOLATLIDIR”
07.07.2014

Barselonada “Markaziy Osiyodagi transchegara suv resurslaridan foydalanish masalalarining hal etilishi yuzasidan O‘zbekistonning yondashuvi” mavzuiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan “Casa Asia” Ispaniya Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar instituti ko‘magida tashkil etildi. 
Davra suhbatida Ispaniya oliy o‘quv yurtlarining olim va talabalari,  ilmiy tekshirish institutlari ekspertlari hamda suv muammolari bo‘yicha mutaxassislar,  shuningdek,  ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. 
Mazkur tadbir uning ishtirokchilariga Orol dengizi havzasidagi bugungi suv-ekologiya ahvolini hamda mintaqadagi mamlakatlar manfaatlari hisobga olingan holda,  umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy me’yorlar asosida transchegara suv manbalaridan oqilona va adolatli foydalanish masalalari hal etilishi yo‘llarini muhokama qilish imkonini berdi. 
Davra suhbatining ispaniyalik qatnashchilari O‘zbekistonning mintaqada suv resurslaridan foydalanish borasidagi qat’iy yondashuvlari,  respublikada suv infratuzilmasini modernizatsiyalash va takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda Orolbo‘yida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni sog‘lomlashtirish sohasidagi dasturlar bilan tanishdilar. 
Ular Markaziy Osiyodagi transchegara daryolari suv manbalarining taqsimlanishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar mintaqada joylashgan hamma mamlakatlarning manfaatlari hisobga olingan holda hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining suv konventsiyalarida muhrlab qo‘yilgan asosiy tamoyil va me’yorlarga tayangan holda hal etilishi lozim,  degan yakdil fikrni bildirishdi. 
Qayd etilganidek,  Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismida yangi yirik gidro elektrstantsiyalari qurilishi bo‘yicha bir tomonlama loyihalarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi,  chunki ular suv-ekologiya holatini keskinlashtiradi hamda Orol dengizi havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yomonlashtiradi. 
Barselona universiteti professori T.  Molin fikricha,  Markaziy Osiyodagi suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan O‘zbekistonning tutgan yo‘li asosli va adolatlidir. 
- Menga mintaqada suv xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mamlakatingizning yondashuvi juda maqbuldir,  - dedi u.  - Negaki O‘zbekiston nuqtai nazari Orol dengizi havzasida istiqomat qiladigan xalqlar manfaatlaridan kelib chiqadi.  “Rog‘un” gidro elektrstantsiyasining qurilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar atrof-muhit va hududda istiqomat qiluvchi xalqlar hayot tarziga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi fikrlar asosli bo‘lgani bois jiddiy xavotir uyg‘otadi.  Bizning ishonchimiz komilki,  suv muammolari,  eng avvalo,  mintaqa mamlakatlarining o‘zlari tomonidan hal qilinishi lozim.  Suv muammolari bo‘yicha ispaniyalik taniqli ekspert,  Qirollik Fanlar akademiyasining a’zosi,  professor Ramon Lyamos Orol dengizi muammosi va sobiq ittifoq davrida Amudaryo hamda Sirdaryo suvlaridan noto‘g‘ri foydalanilishi natijasida uning qurib borayotgani tafsilotlari bilan yaxshi tanish ekanligini ta’kidladi. 
- Orol dengizining qurib borayotgani olim sifatida meni xavotirga soladi,  - dedi u.  - Men O‘zbekistonning Orol fojiasi global ekologik inqiroz ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilaman.  Orolbo‘yidagi ekologiya vaziyatini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni ham qo‘llab-kuvvatlayman.  O‘zbekistonning erlarni sug‘orishda izchil ravishda zamonaviy usullarni qo‘llayotgani,  xususan,  uning suv resurslari boshqarilishiga yondashuvi ijobiy qadam hisoblanadi. 
Tadbir chog‘ida yirik gidro elektrstantsiyalarini ekspluatatsiya qilishning atrof-muhitga hamda transchegara suv havzalari bo‘yida joylashgan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sirlarini o‘rganishga bag‘ishlangan eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari ham muhokama qilindi.  Ispaniya ekspertlari tomonidan qayd etilganidek,  mazkur tadqiqotlarning xulosalari atrof-muhitga halokatli ta’siri hamda iqtisodiy jihatdan norentabelligi hisobga olinadigan bo‘lsa,  yirik suv inshootlari qurilishining maqsadga muvofiqligi jiddiy shubha ostida ekanligi ma’lum bo‘ladi. 
Shu munosabat bilan,  ispaniyalik olimlar transchegara daryolari bo‘yida ekologiyaga jiddiy zarar etkazmaydigan hamda davlatlararo bahslarni keltirib chiqarmaydigan o‘rtacha va kichik gidro elektrstantsiyalari qurilishining tarafdori ekanliklarini ma’lum qilishdi. 
“Jahon” AA.  Madrid
“Xalq so‘zi”  1 iyul,  2014 yil № 126 (6056)