Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA
17.09.2016

2016 yilning 9 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov boshqardi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar rahbarlari va ommaviy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga, "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq, 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi joriy yil­ning 9 sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qildi.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilai bog‘liq tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, "O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Res­publika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qildi. Markaz Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uyda joylashgan.

Shu kunning o‘zida mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Qobil XIDIROV,

"Xalq so‘zi” gazetasi,

2016 yil 10 sentabr №180