Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MAS’ULIYATNI HIS QILIB
06.12.2014

O‘zbekiston Respublikasi Konstituiiyasining 117-moddasida ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi...”.

Davlat boshqaruvi organlariga o‘z vakillarimizni saylash, shu orqali tub islohotlar va o‘zgarishlarga o‘z munosabatimizni bildirish biz kabi yoshlarga katta mas’uliyat yuklaydi. Buni chuqur his qilib, saylov biz uchun muhim siyosiy jarayon ekanligini anglagan holda saylovda yurt taraqqiyoti, farovonligini ko‘zlab ongli ravishda nomzodlardan eng munosibiga ovoz berishimiz lozim.
Har bir jarayonga mas’uliyat bilan yondashib deputatlikka nomzodlar va ular a’zo bo‘lgan partiya bilan yaqindan tanishishimiz, ular ilgari surayotgan g‘oyalar, shuningdek ularning maqsad va intilishlari bizning manfaatlarimizga qanchalik mos ekanligini chuqur anglagan holda faollik ko‘rsatishimiz kerak.
Kelajakda huquqshunos bo‘lish niyatidaman.
Xozirdanoq huquqiy bilimlarimni yanada oshirib bormoqdaman.
Men ham bo‘lajak huquqshunos sifatida fuqarolarning Konstitutsiyamizda belgilab berilgan huquq va majburiyatlarini ro‘yobga chiqarishlariga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman.
Buning uchun esa hozirdanoq puxta bilim olib, jamoat ishlarida va yurtimizda bo‘layotgan siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishni o‘z fuqarolik burchim deb bilaman. 21 dekabrda bo‘ladigan saylovda faol ishtirok qilaman.

Adolat DURDIEVA
UrDU qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 3 dekabr № 96 (19130)