Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MEHNATNING QUVONCHI
11.12.2013

Har tong kasbdoshlarimiz bilan Urganch shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasidan borar ekanmiz, qalbimiz quvonchdan yayraydi. Chunki mana shu bunyodkorliklarda bizning jamoamiz quruvchilarining ham munosib hissasi bor.
- Ana qarang, biz qurgan uylar oldida o‘ynab yurgan bolalar sevinchini ko‘rib onajonlar xotirjam dam olib o‘tirishibdi, - deydi Shuhrat mamnun bo‘lib.
- Ha, zamonaviy uslubda qurilgan uylarning xonalari, shuningdek binolar oldidagi bolalar sport maydonchalari ham ularga juda ma’qul bo‘lmoqda, - deydi Jobbergan.
Bugun quruvchilar o‘zlarining mehnatlari natijalaridan sevinib, yanada g‘ayrat-shijoat bilan bunyodkorlik ishlarida qatnashayaptilar. Biz dastlab Al-Xorazmiy ko‘chasida 45 xonadonli turar-joyni muddatida topshirgan bo‘lsak, ayni paytda 28 xonali ko‘p qavatli uylarni qurish ishlarini olib borayapmiz. Jamoamizda 80 nafar quruvchi mehnat qiladi. Ularning har biri o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lib, asosiysi ishlarni sifatli bajarish uchun harakat qiladilar. Olib borilayotgan bunyodkorliklarda ekskavatorchi Meyliboy Iskandarov, Jobbergan Ibodullaev, Shuhrat Qo‘chqorov singari peshqadam quruvchilar kasbdoshlarimizga ibrat bo‘lib mehnat qilayaptilar. Viloyat markazidagi qurilish, rekonstruktsiya ishlarida yanada faol ishtirok qilamiz.
Otabek RAHMONOV,
"Jayxun qurilish" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.