Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MISSIONERLIK XAVFI
08.05.2014

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida mustahkam bir dinga e’tiqod qiluvchilarni boshqasiga o‘tishga da’vat qilishga yo‘naltirilgan hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati ta’qiqilanishi haqidagi qoida yurtimiz xavfsizligi, turli din vakillarining tinch-totuv yashashini ta’minlash bilan bog‘liq maqsadlarni o‘zida mujassam etadi. Zero, inson o‘z dini, e’tiqodini turli g‘oyaviy ta’sirlar ostida o‘zgartirishi ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday harakatlar oqibatida oilalarning parchalanishi, ota-bola, aka-ukaning yuz ko‘rmas bo‘lib ketishi mumkinligi bor gap. Qonunchiligimizda missionerlik va prozelitizm bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan javobgarlik belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 240-moddasi ikkinchi qismida bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati uchun eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga qamoq jazosini belgilashga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 2162-moddasi ikkinchi qismiga asosan bunday hatti-harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan.
Missionerlik harakati, agar oldi olinmasa, nafaqat insonlarning e’tiqodiga, balki turli din, millat va elatlarning hamjihatligiga ham raxna solishi mumkin. Keyingi vaqtlarda missionerlik harakati dunyo miqyosida diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik kabi global muammolardan biriga aylanib bormoqda. Bu illatga qarshi kurashish hozirgi vaqtda ko‘plab mamlakatlarda dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Shu o‘rinda missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tsak.
Missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish.
Missionerlik va prozelitizm din bilan bog‘liq holda shakllangan va mutaassiblikka asoslangan hodisalar hisoblanadi. Missionerlik so‘zi lotin tilidagi “missio” fe’lidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlikning maqsadi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlar yoki boshqa dinlarga mansub shaxslarni muayyan dinga kirishga da’vat etishdir. Aslida esa ko‘pgina missionerlar muayyan ijtimoiy guruhning siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni o‘z oldilariga vazifa sifatida qo‘yadilar.
Bunday diniy da’vatlar o‘zga mamlakatlar hududida amalga oshirilsa “tashqi” missionerlik deb, davlatning o‘z hududida dinsiz (ateist) va boshqa dinga mansub shaxslar orasida amalga oshirilsa “ichki” missionerlik deb yuritiladi.
Missionerlikning o‘ta faol ko‘rinishi prozelitizmdir. Prozelitizm biron bir dinga mansub insonlarni ruhiy va turli xil ta’sir usullari orqali o‘z dinidan voz kechtirish va o‘zga dinni qabul qilishga erishishdan iborat.
Missionerlik o‘ziga xos va uzoq tarixga ega. Jumladan, bunday harakat dastlab buddaviylik doirasida miloddan avvalgi III asrdan boshlab yoyilgan. Bugungi kunda esa missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. Xususan, protestantlik zamonaviy missionerlikning asosiy homiysi qolmoqda. Ularning faoliyati ko‘plab davlatlarda katta muvafaqiyat keltirgan. Hozirgi kunda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi an’anaviy ravishda buddaviylikka e’tiqod qilib kelgan ayrim mamlakatlar aholisining katta qismi yoki aksariyati xristianlikka e’tiqod qilishi ana shu zafarli yurishlarning natijasidir.
Xususan, hozirgi kunda dunyoda missionerlar o‘z tashkiliy asoslarini yaratishda ko‘pincha nashriyotlar, xayriya va nodavlat notijorat tashkilotlar maqomidan foydalanishga urinishmoqda. Bundan tashqari ba’zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida ham faoliyat olib borishmoqda.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim xalqaro tashkilotlar o‘z hukumatlari tomonidan moliyalashtirilgan dasturlarga binoan MDH davlatlaridan talaba va o‘quvchilarni u yoki bu mamlakatga yuborib, ularni dindor fuqarolarning oilalariga joylashtirish va shu yo‘l bilan bir yil davomida ularni boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilarga aylantirishdek maqsadlarni ko‘zlab faoliyat olib borganlari kuzatilgan. Mazkur misol missionerlik bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar e’tiqodiy o‘zgartishlar ob’ekti qilib tanlangan davlatlarga o‘z hukumatlari qo‘llab-quvvatlashiga tayanib kirib borishga harakat qilayotganliklarini ham ko‘rsatadi.
Shuningdek, mahalliy xalq o‘rtasida ularning ona tilida chop etilgan, dizayni ancha chiroyli bo‘lgan, rangli-bezakli muqovadagi kitob va jurnallarni bepul tarqatib, ularda bosilgan maqolalarda tub aholiga mutlaqo yot bo‘lgan o‘zga dinlar g‘oyalarini targ‘ib qiladilar. Missonerlar boshqa dinlarga kirishga chaqiruvchi lavhalar aks etgan audio-video kassetalarni ham aholiga bepul tarqatgan holatlar ko‘p kuzatilgan.
Bundan tashqari, ular turli mamlakatlarda san’at asarlari ko‘rgazmalarini, sport o‘yinlari musobaqalarini tashkil etish va ushbu tadbirlar ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar ulashish, ayrim tibbiyot va ta’lim-tarbiya muassasalariga malakali mutaxassis kadrlarni «ish»ga yuborish, yakka-yolg‘iz va yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ko‘ngilochar maktublar yo‘llash, yoshlar tashkilotlari bilan o‘zaro «hamkorlik» o‘rnatish, kompyuter yoki chet tillarini o‘rgatish klublarini tashkil etish, o‘z saflariga qo‘shilganlarni tez-tez moddiy rag‘batlantirib turish va xorijiy mamlakatlarga o‘qish yoki malaka oshirish safariga yuborish hamda ishga joylashish kabi usullardan ham foydalanadilar.
Dunyoda missionerlikni keng miqyosda targ‘ib va tashviq qilishga yil davomida 100 million AQSh dollari sarflanayotgani bu harakatlarning ko‘lamlari haqida tegishli tasavvur beradi.
Din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlar yoki konfessiyalarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina  bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Masalan, Livan aholisining 90 foizdan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlikka (maroniy, pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar ta’sirida uning to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi esa bu birlikni ta’minlashni yanada mushkullashtirmoqda.
Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik harakatlari ortida diniy zaminda millatni ichidan bo‘lib tashlashga qaratilgan g‘arazli siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin. Bu, missionerlar o‘z maqsadlariga erishadigan bo‘lsalar ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda nizo va janjallarning avj olishi, dushmanlik hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo nizolarning kelib chiqishiga zamin yaratilishi, xalqning parokandalikka yuz tutishi va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy missionerlikning umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
 - konkret mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishga harakat qilish;
- xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida faoliyat yuritish;
- missionerlik - o‘ziga xos biznes, shaxsiy boyish manbai;
- missionerlik - davlatlar va siyosiy kuchlarning geosiyosiy rejalariga xizmat  qiladigan siyosiy qurol.
Missionerlarning bugungi kundagi faoliyati hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan holi emasligini ko‘rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to‘g‘ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo‘lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish zarur bo‘ladi.
Missionerlik faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
•    cherkov a’zolarining o‘z oylik daromadlarining muayyan qismini cherkov hisobiga o‘tkazishi;
•    xayr-ehson qilishning rag‘batlantirilishi;
•    cherkovning ishonchli va sadoqatli vakillari orqali turli tsexlar, firmalar va bosmaxonalarga egalik qilish;
•    xorijlik homiylarning moliyaviy yordami.
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. Xususan, so‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Missionerlar sanoat korxonalari joylashgan hududlarda ishchilar va vaqtincha ishsizlar hamda xususiy tadbirkorlar bilan ishlashga ham alohida e’tibor bera boshlaganlarini ta’kidlash zarur.  
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o‘ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, e’tiqodini o‘zgartirgan kutubxonachida esa “o‘lja” sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-ruhiy ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida e’tibor bilan qaramoqdalar.
Millatning birligi va jipsligi, mamlakatdagi barqarorlik va taraqqiyot oiladagi yakdillik va ahillika bog‘liq. Bu prozelit ayolni tarbiyalashga intilish ortida jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish, ijtimoiy va milliy totuvlik asoslariga rahna solishdek maqsad-muddaolar yotganini ko‘rsatadi.
Oila - millat va mamlakatning kelajagi bo‘lgan yoshlar tarbiyasi amalga oshiriladigan qutlug‘ maskan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, missionerlarning ayollarga bo‘lgan e’tibori ularning e’tiqodini o‘zgartirish orqali farzandlari dunyoqarashini ham tegishli yo‘nalishda shakllantirish, millat, jamiyatning ertangi kunini muayyan yo‘singa solishga bo‘lgan intilish bilan belgilanishini ham ta’kidlash zarur.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik ob’ekti sifatida tanlanayotgan qatlamlar doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Missionerlik harakatlari milliy ma’naviy barqarorlikka jiddiy tahdidlarni kutish mumkin. Zero, ko‘pgina mamlakatlarda missionerlik va prozelitizm harakatlari shaxsiyat va intellektual tanazzul, boshqalar irodasiga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish, individuallikning yo‘qolishi va uning o‘zga mazmun bilan to‘ldirilishi, taraqqiyotdan to‘xtash, moddiy yo‘qotishlar, insonlarning hayoti, ma’naviy dunyoqarashi va sog‘ligiga salbiy ta’sir etuvchi holatlarni keltirib chiqarishi kuzatilgan. Shu bois, mamlakatimizda missionerlik va prozelitizm faoliyati qonun bilan ta’qiqlab qo‘yilgan.
Biroq, ta’kidlash joizki, faqat milliy qonunchilikda missionerlik va prozelitizmga qarshi huquqiy choralar belgilash bilan, bunday harakatlarga nisbatan tegishli jazo choralar nazarda tutilishi bilan ushbu g‘arazli faoliyatga butunlay chek qo‘yish qiyin. Bunday holatlarning oldini olish uchun missionerlikning salbiy mohiyatini chuqur anglash, uni bartaraf etish yo‘lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish, ayniqsa tegishli tarbiyaviy-mafkuraviy tadbirlarni muntazam amalga oshirish zarur. Ayniqsa, yoshlarimiz ongini tashqi axborot maydonida mavjud turli tahdidlardan asrashimiz, buning uchun esa ularda mafkuraviy immunitetning shakllanishiga sharoit yaratishimiz va ularni miliy-ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashimiz lozim. Ushbu yo‘nalishda zarur natijalarga erishishda esa mahallalar muhim rol o‘ynashlari lozim.
Bu o‘rinda mahalla oqsoqollari, diniy-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar hamda imom-xatiblarning faolligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.

 Urganch shahar imom Faxriddin ar – Roziy o‘rta maxsus
islom bilim yurtining o‘quv ishlari bo‘yicha
mudir muovini Muzaffar Avezov tayyorladi.